Qiziga yillar davomida jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanayotgan ota qidiruvga berildi

© Depositphotos / samwordleyDetskoe nasilie
Detskoe nasilie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, zo‘ravonlik 2017-yildan beri davom etgan bo‘lishi mumkin. Qizning xavfsizligi ta’minlangan.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Jizzax viloyatida voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda ayblanayotgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
9 oktabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida qizning sababsiz darslarga qatnashmayotgani aniqlangan.
Maktab psixologi ishtirokida o‘tkazilgan suhbat davomida qiz otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilishicha, 14-oktabr kuni erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayblanuvchi 11-sentabr kuni ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan, 19-oktabr kuni esa sud sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan.
Ma’lum qilinishicha, zo‘ravonlik qiz birinchi sinfda o‘qigan davrdan beri davom etgan bo‘lishi mumkin.
Qizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida u dastlab ijtimoiy ko‘mak markaziga joylashtirilgan. Unga psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan, tibbiy ko‘rik va ekspertizaga yo‘naltirilgan.

Hozir qiz oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, uning ruhiy holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Qizni oilasiga qaytarish masalasi uning xavfsizligi, ruhiy holati va manfaatlari har tomonlama baholangandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Pedofillar yillar o‘tsa ham javobgarlikdan qocha olmaydi, ota-onalar mas’uliyati ham kuchayadi
Yangiliklar lentasi
0