https://oz.sputniknews.uz/20261126/tashkent-kurchatov-institut-filial-62311427.html
Atom energetikasi va yadro tibbiyoti: Toshkentda Kurchatov instituti filiali ochiladi
Atom energetikasi va yadro tibbiyoti: Toshkentda Kurchatov instituti filiali ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Rossiyaning "Kurchatov instituti" filiali tashkil etiladi. Unda o‘zbekistonlik va rossiyalik olimlar yadro energetikasi, tibbiyot, radiologiya, bioiqtisodiyot va kvant texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib boradi.
2026-11-26T15:35+0500
2026-11-26T15:35+0500
2026-11-26T15:35+0500
atom energetikasi
yadro fizikasi
otm
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1a/62311245_0:64:1024:640_1920x0_80_0_0_c08b1c577eb42b20ceb3d223cc946189.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Toshkentda Rossiyaning "Kurchatov instituti" milliy tadqiqot markazi filiali tashkil etiladi. Bu haqda 25-noyabrda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.Filial O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida joylashadi.Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:Qarorga muvofiq, yadroviy texnologiyalar, kvant fizikasi va radiobiologiya sohalari bo‘yicha oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Har yili kamida 10 nafar iqtidorli talaba, doktorant va yosh olim uchun Kurchatov institutining yetakchi laboratoriyalarida qisqa va uzoq muddatli ilmiy stajirovkalar tashkil etiladi.Filialda tahsil olayotgan doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarga mahalliy va xorijiy olimlar birgalikda ilmiy rahbarlik qiladi.Filial ustavini bir oy muddatda tasdiqlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vazifasi belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251230/uzatom-kurchatov-institut-bitim-54554095.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1a/62311245_45:0:981:702_1920x0_80_0_0_ff7d46bd061896b0b1bc88b40864d099.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
atom energetikasi, yadro fizikasi, otm, jamiyat, o‘zbekiston
atom energetikasi, yadro fizikasi, otm, jamiyat, o‘zbekiston
Atom energetikasi va yadro tibbiyoti: Toshkentda Kurchatov instituti filiali ochiladi
Toshkentda "Kurchatov instituti" filiali ochiladi. U kichik AESlarni rivojlantirish va malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda ishtirok etadi
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Toshkentda Rossiyaning "Kurchatov instituti" milliy tadqiqot markazi filiali tashkil etiladi. Bu haqda 25-noyabrda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori
qabul qilindi.
Filial O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida joylashadi.
Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
atom energetikasi, yadroviy tibbiyot va radiologiya, materialshunoslik, bioiqtisodiyot hamda kvant texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
"O‘zatom" agentligi va Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlikda yadro texnologiyalari, shuningdek, kam quvvatli atom elektr stansiyalarini rivojlantirish;
biotexnologiya va genom texnologiyalari sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
foydali qazilmalarni qidirishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
Kurchatov instituti filialda zamonaviy ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va ularni zarur uskunalar bilan jihozlash ishlarini muvofiqlashtiradi. Shuningdek, ilmiy faoliyatga mahalliy va xorijiy olimlar jalb etiladi.
Qarorga muvofiq, yadroviy texnologiyalar, kvant fizikasi va radiobiologiya sohalari bo‘yicha oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili kamida 10 nafar iqtidorli talaba, doktorant va yosh olim uchun Kurchatov institutining yetakchi laboratoriyalarida qisqa va uzoq muddatli ilmiy stajirovkalar tashkil etiladi.
Filialda tahsil olayotgan doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarga mahalliy va xorijiy olimlar birgalikda ilmiy rahbarlik qiladi.
Filial ustavini bir oy muddatda tasdiqlash va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vazifasi belgilandi.