Yarim tunda qarta o‘yini: Sindarov jahon chempionatida hayajonni qanday yengmoqda?

© FideVtoraya partiya matcha chempionata mira po FIDE v Jeneve zavershilas nichyey
Vtoraya partiya matcha chempionata mira po FIDE v Jeneve zavershilas nichyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik grossmeyster durang bilan yakunlangan ikkinchi partiyadan so‘ng o‘zini qanday his qilayotgani va hayajonni qanday yengishi haqida so‘zlab berdi
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan ikkinchi partiyadan so‘ng o‘yin paytida nega tez-tez esnayotgani va hayajonni qanday yengishi haqida gapirdi.
Sindarov dastlabki ikki partiya davomida bir necha bor esnagani, dam olish xonasida esa ko‘zlarini yumib o‘tirgani jurnalistlar e’tiborini tortdi. Matbuot anjumanida undan yetarlicha uxlayotgani va o‘yin davomida zerikmayotgani haqida so‘rashdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi yaxshi uxlayotgani va o‘zini yaxshi his qilayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, raqibi uzoq o‘ylanib qolganida biroz dam olishga harakat qiladi, biroq xayolan partiyani tahlil qilishda davom etadi.
"Men hamisha butun e’tiborimni o‘yinga qarataman", — dedi Sindarov.
Shaxmatchi, shuningdek, murabbiylari bilan o‘yindan tashqari vaqtni qanday o‘tkazishi haqida ham gapirdi.
U ikkinchi partiya oldidan grossmeyster Nikita Vitugov bilan suhbatlashgan. Suhbat shaxmat kombinatsiyalari emas, asosan ruhiy tayyorgarlik haqida bo‘lgan.
Sindarovning aytishicha, murabbiyi Roman Vidonyak bilan ba’zan shaxmat haqida umuman gaplashmaydi. Ular hayot haqida suhbatlashadi, hatto yarim tunda qarta va boshqa o‘yinlar o‘ynaydi.
Gukesh esa Jenevaga eng yaqin do‘stlari bilan kelganini va ular bilan vaqt o‘tkazish ruhiy zo‘riqishni kamaytirishga yordam berayotganini aytdi. U shaxmat taxtasidan tashqarida o‘zini 2024-yilda Singapurda o‘tkazilgan jahon chempionligi bahsidagiga qaraganda ancha baxtli his qilayotganini ta’kidladi.
Hindistonlik grossmeyster dastlabki ikki partiyada ham g‘alaba qozonishni istaganini, biroq 14 partiyadan iborat bahsda hozircha hisob haqida o‘ylashga erta ekanini bildirdi.
Gukesh ikkinchi partiyada Sindarovga jiddiy qiyinchilik tug‘diradigan yo‘l topa olmaganini va tavakkal qilish o‘zini ham qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkinligini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, Jenevada shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun kechayotgan bahsning dastlabki ikki partiyasi durang bilan yakunlandi. Umumiy hisob — 1:1.
Uchinchi partiya bugun, 26-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Unda Sindarov oq donalarda o‘ynaydi.
Sindarov, arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2026
Sindarov: Gukesh bilan o‘yinlarda zerikib qolishim mumkin
Yangiliklar lentasi
0