Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tramp maxsus vakili: Yevropa Ukrainada Rossiyaga qarshi proksi urush olib bormoqda

© AP Photo / Markus SchreiberSpesposlanniki SShA Djared Kushner i Stiv Uitkoff na press-konferensii
Spesposlanniki SShA Djared Kushner i Stiv Uitkoff na press-konferensii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2026
Obuna bo‘lish
Jared Kushner Ukrainaning NATOga a’zoligi, Kiyevga xavfsizlik kafolatlari, Yevropa pozitsiyasi va Putin bilan muzokaralar haqida gapirdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Ukrainadagi mojaro amalda Yevropa Rossiyaga qarshi Ukraina orqali olib borayotgan proksi urushga aylandi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili va kuyovi Jared Kushner Germaniyaning "Axel Springer" mediakonserni rahbari Matias Dopfnerga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kushner Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar, tomonlarning pozitsiyalari, Vashingtonning rejalari hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlari haqida so‘zlab berdi.
Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Yevropaning ishtiroki
Kushner Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralarda Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilishda qator qiyinchiliklar mavjudligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra:
Yevropa davlatlari rahbarlarining qarashlari va manfaatlari turlicha, shu bois Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ularning yagona pozitsiyasi mavjud emas;
Yevropada Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilganidan keyin Rossiya tomonidan harbiy harakatlar kuchayishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud. Kushner bunday xavotirlarni ko‘pini asossiz deb atadi;
Yevropa Trampning Ukrainadagi mojaroni birgalikda hal etish taklifiga javoban muzokaralarda ishtirok etish uchun sakkiz nafar vakildan iborat guruh tuzgan;
Putin Yevropa tomonining qator bayonotlari va xatti-harakatlarini provokatsiya sifatida baholagani sababli Yevropa vakillari Abu-Dabidagi muzokaralarga jalb etilmagan.
Shu bilan birga, Kushner Yevropa davlatlari va Ukrainaning roziligisiz yakuniy kelishuvga erishib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Ukrainaning NATOga a’zoligi
Kushnerning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi hozirda mojaroni tartibga solish bo‘yicha muhokama qilinayotgan rejalardan o‘rin olmagan.
Maxsus vakil Rossiya uzoq vaqtdan buyon Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqib kelayotganini eslatdi.
"O‘ylashimcha, hozir biz bu (Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi — tahr.) sodir bo‘lmaydi, degan taxmindan kelib chiqapmiz", — dedi Kushner.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lmasligi Rossiya uchun "qizil chiziq" hisoblanadi. Moskva alyansning sharqqa tomon kengayishini provokatsiya va Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishga urinish sifatida qabul qiladi.
Vashington esa NATOni faqat mudofaa ittifoqi sifatida ko‘radi. Kushnerning fikricha, o‘tmishda Rossiya va G‘arb o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning to‘xtatilishi o‘zaro ishonchsizlikni yanada kuchaytirgan.
Shu munosabat bilan Amerika delegatsiyasi Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasdan turib, boshqa davlatlardan alyans nizomining beshinchi moddasida nazarda tutilgan jamoaviy mudofaa kafolatlariga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini olishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Zelenskiy va xavfsizlik kafolatlari
Kushnerning aytishicha, agar Kiyev Vashingtondan xavfsizlik kafolatlarini olishni istasa, Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan muloqotni o‘zaro hurmat va konstruktiv ruhda yo‘lga qo‘yishi kerak.
"Birinchidan, prezident Tramp xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish Amerika manfaatlariga mos kelishi borasida bir qarorga kelishi lozim", — dedi Kushner.
U muzokaralar boshida Ukraina tomonining asosiy talabi aynan xavfsizlik kafolatlari bo‘lganini ta’kidladi.
Tramp Yevropada urushdan keyingi maqbul xavfsizlik tizimini shakllantirish sharti bilan Kiyevga bunday kafolatlarni taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Kushner va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha dastlabki hujjat loyihasini shaxsan tayyorlagan.
Vashingtonning tinchlik rejasi
AQSh mojaroni yakunlashga olib keladigan har qanday variantni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Biroq buning uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta masalani hal etish zarur.
Kushner asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni sanab o‘tdi:
Yevropada urushdan keyingi xavfsizlik tizimini shakllantirish;
Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish;
Ukrainaning urushdan keyingi iqtisodiyotini rivojlantirish;
Rossiyaning urushdan keyingi iqtisodiy istiqbollarini belgilash;
gumanitar masalalarni hal etish.
Maxsus vakilning ta’kidlashicha, hozirda muzokaralardagi asosiy to‘siq hududiy masala bo‘lib qolmoqda.
Vashington urushdan keyingi munosabatlar bo‘yicha kelishuvga erishilsa, hududiy masalani hal etish ham osonlashadi, deb hisoblamoqda.
Kushnerning aytishicha, hozirgacha Yevropa ham, Ukraina ham AQSh taklif etayotgan yondashuvga muqobil yechim taqdim etmagan.
Putin nega avval o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmayapti?
Kushner AQSh vakillari Putinga ham shu savolni berganini ma’lum qildi.
Amerikalik muzokarachilarning Putin bilan suhbatlaridan chiqargan xulosasiga ko‘ra, Rossiya rahbari jangovar harakatlar to‘xtatilganidan keyin yangi urushning oldini oladigan uzoq muddatli kelishuvga erishish mumkinligiga ishonch bildirmayapti.
Kushner bu Putinning aynan o‘z so‘zlari emas, balki Amerika tomonining uning pozitsiyasiga bergan talqini ekanini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, uning aytishicha, Putin yadroviy quroldan foydalanish niyati yo‘qligiga amerikalik muzokarachilarni ishontirgan.
Vashington yakuniy kelishuvlarning imzolanishi barqaror sulhga olib kelishiga umid qilmoqda.
Putin — siyosat grossmeysteri
Kushner Rossiya prezidenti bilan muzokaralarga qanday tayyorgarlik ko‘rishi va uchrashuvlar qanday kechishi haqida ham gapirdi.
Uning aytishicha, Amerika delegatsiyasi Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan doimiy aloqada.
Kushner Putinni tarixiy shaxs va "siyosat grossmeysteri" deb atadi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya rahbari uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘radi, suhbat davomida ko‘p qaydlar qiladi, muhokama etilayotgan masalalarni chuqur tushunadi va o‘z pozitsiyasini aniq bayon etadi.
Rossiya va AQSh hamkorligi tarixni o‘zgartirishi mumkin
Kushnerning fikricha, Ukrainadagi mojaro shunday yakunlanishi kerakki, Ukraina va Yevropa taraqqiy etishi, Rossiya esa AQSh bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lsin.
U Moskva va Vashington o‘rtasidagi hamkorlikning tiklanishi tarixning borishini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, Kushner yaqin vaqt ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida mojaro boshlanganidan buyon eng yirik asirlar almashinuvi amalga oshirilishi kutilayotganini ma’lum qildi. Natijada minglab insonlar o‘z oilalari bag‘riga qaytishi mumkin.
Vstrecha prezidenta Vladimira Putina so Stivom Uitkoffom i Djaredom Kushnerom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kushner: Ukraina muzokaralarida keskin burilish yasashi mumkin bo‘lgan g‘oyalar paydo bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0