https://oz.sputniknews.uz/20261126/afghanistan-qoshtepa-kanal-amudaryo-62310244.html
OAV: Afg‘oniston yaqin orada Qo‘shtepa kanaliga Amudaryo suvini yo‘naltirmoqchi
OAV: Afg‘oniston yaqin orada Qo‘shtepa kanaliga Amudaryo suvini yo‘naltirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichidagi qazish ishlari 99 foizga yakunlandi. Afg‘oniston tomoni kanalga tez orada suv yo‘naltirilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston vaziri esa 2030-yilni aytgan edi.
2026-11-26T13:58+0500
2026-11-26T13:58+0500
2026-11-26T13:58+0500
qo‘shtepa kanali
suv
amudaryo
dunyo yangiliklari
dunyoda
afg‘oniston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1a/62310070_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_660ceb8c858177b2422d57666dfd13bf.png
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichidagi qazish ishlari 99 foizga yakunlandi. Yaqin vaqt ichida kanalga Amudaryo suvini yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu haqda "Afghanistan International" Afg‘oniston Milliy taraqqiyot korporatsiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.Korporatsiya matbuot kotibi Nabiullo Arg‘andivolning ma’lum qilishicha, Amudaryodan suv olish uchun mo‘ljallangan bosh inshoot qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.Afg‘oniston tomoni kanalga suv yo‘naltirishning aniq sanasi va olinadigan suv hajmini ma’lum qilmagan.Eslatib o‘tamiz, 19-noyabr kuni O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev matbuot anjumanida Qo‘shtepa kanali 2030-yilgacha Amudaryodan suv olmasligini aytgan edi.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan suv taqsimoti bo‘yicha muntazam muzokaralar olib bormoqda. Kanal orqali olinadigan suv hajmi bo‘yicha kelishuvlarni qurilish yakunlanganidan keyin imzolash ko‘zda tutilgan.Hamrayev joriy yil mart oyida Afg‘oniston yiliga 4 mlrd kub metr suv olishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20261119/suv-vazir-bayonotlar-62136028.html
amudaryo
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/1a/62310070_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_6daacb323d096f51bb27a60933e48751.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qo‘shtepa kanali, suv, amudaryo, dunyo yangiliklari, dunyoda, afg‘oniston, o‘zbekiston
qo‘shtepa kanali, suv, amudaryo, dunyo yangiliklari, dunyoda, afg‘oniston, o‘zbekiston
OAV: Afg‘oniston yaqin orada Qo‘shtepa kanaliga Amudaryo suvini yo‘naltirmoqchi
Afg‘oniston kanalga tez orada suv yo‘naltirilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri esa Qo‘shtepaga 2030-yildan oldin Amudaryodan suv olish boshlanmasligini aytgan edi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichidagi qazish ishlari 99 foizga yakunlandi. Yaqin vaqt ichida kanalga Amudaryo suvini yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu haqda "Afghanistan International" Afg‘oniston Milliy taraqqiyot korporatsiyasi ma’lumotlariga tayanib
xabar berdi.
Korporatsiya matbuot kotibi Nabiullo Arg‘andivolning ma’lum qilishicha, Amudaryodan suv olish uchun mo‘ljallangan bosh inshoot qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.
Ayni paytda 47 ta ko‘prik va suvni boshqarish inshootlarida qurilish ishlari davom etmoqda.
Afg‘oniston tomoni kanalga suv yo‘naltirishning aniq sanasi va olinadigan suv hajmini ma’lum qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 19-noyabr kuni O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev matbuot anjumanida Qo‘shtepa kanali 2030-yilgacha Amudaryodan suv olmasligini aytgan edi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan suv taqsimoti bo‘yicha muntazam muzokaralar olib bormoqda. Kanal orqali olinadigan suv hajmi bo‘yicha kelishuvlarni qurilish yakunlanganidan keyin imzolash ko‘zda tutilgan.
Afg‘oniston tomonining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, suv ko‘p bo‘lgan yillarda kanal orqali 10 mlrd kub metrgacha, suv kam bo‘lgan yillarda esa 6 mlrd kub metr suv olinishi mumkin.
Hamrayev joriy yil mart oyida Afg‘oniston yiliga 4 mlrd kub metr suv olishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Qo‘shtepa kanali qurilishi 2022-yilda boshlangan. Uzunligi qariyb 285 kilometr bo‘lgan kanal Afg‘oniston shimolidagi 550 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishga mo‘ljallangan.