Qozog‘istonda korrupsiya mojarosi fonida yuqori amaldorlarning ishdan olinishi davom etmoqda

© AqordaTokayev osvobodil ot doljnostey ministra promishlennosti i zamministra vnutrennix del Kazaxstana
Tokayev osvobodil ot doljnostey ministra promishlennosti i zamministra vnutrennix del Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2026
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda sanoat va qurilish vaziri hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu qarorlarning sabablari ochiqlanmagan.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sanoat va qurilish vaziri Yersayin Nagaspayev hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Lepexani lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Aybek Sidiqov prezident ishlari boshqaruvchisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bundan avval, 20-noyabr kuni, Qozog‘iston prezidenti administratsiyasining transport-logistika sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Azamat Keskinbayev ham lavozimidan ozod etilgan edi.
Mazkur kadrlar o‘zgarishi mamlakatning yirik milliy kompaniyalari bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi fonida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda so‘nggi ishdan bo‘shatishlarning sabablari rasman ochiqlanmagan.
E’tiborlisi, Nagaspayev 2025-yil fevral oyida vazir etib tayinlanguniga qadar “Qozog‘iston temir yo‘llari” milliy kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Korrupsiya mojarosi va kadrlar o‘zgarishi
11 noyabr kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati “Samruq-Qazina” milliy farovonlik jamg‘armasi boshqaruvi raisi Nurlan Jaqupov va “Qozog‘iston temir yo‘llari” milliy kompaniyasi rahbari Yeljas Otinishevni korrupsiya jinoyatini sodir etganlikda gumon qilib qo‘lga olgan edi.
13 noyabr kuni Toqayev Xavfsizlik kengashining tezkor yig‘ilishini o‘tkazib, mazkur holat davlat kompaniyalarida korrupsiya ko‘lami kengligidan dalolat berishini ta’kidladi.
16 noyabr kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Yermek Sag‘imbayev lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot kotibi Aybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari ushbu qarorni qabul qilishda korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq holatlarni ham inobatga olgan.
Shu munosabat bilan ichki ishlar vaziri Yerjan Sadenovga ham intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan edi.
22 noyabr kuni Toqayev Milliy xavfsizlik qo‘mitasining yangi raisi Marat Irmenovni qabul qildi. Davlat rahbari qo‘mita faoliyatini isloh qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqidagi hisobotni tingladi.
Eslatib o‘tamiz, Toqayev hukumat va nazorat organlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish hamda davlat ishtirokidagi kompaniyalar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha 24-noyabrga qadar aniq takliflar kiritishni topshirgan edi.
Tokayev osvobodil ot doljnosti predsedatelya Komiteta nasbezopasnosti RK Yermeka Sagimbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Qozog‘iston MXQ rahbari ishdan olindi, IIV vaziri jazolandi — sabablardan biri korrupsiya
Yangiliklar lentasi
0