https://oz.sputniknews.uz/20261124/germany-ukraine-yordam-qarshilik-62261262.html
Germaniya aholisining aksariyati Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi — so‘rov
Germaniya aholisining aksariyati Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi — so‘rov
Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam berish tarafdorlari ulushi bir yilda 59 foizdan 46 foizgacha kamaydi. Nemislarning qariyb yarmi Mersning Putin bilan muzokara boshlashini istamoqda. Berlin esa Kiyevga yordam berishda davom etmoqchi.
2026-11-24T14:58+0500
2026-11-24T14:58+0500
2026-11-24T15:11+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
fridrix mers
yordam
so‘rov
ukraina
germaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/06/28853925_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_e6a994c73bad8d238ec29cd97a6549bf.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Germaniya aholisi orasida Ukrainaga harbiy yordam berish tarafdorlari soni kamaymoqda. Bu Korber jamg‘armasi buyurtmasi asosida Forsa sotsiologik tadqiqot instituti o‘tkazgan so‘rov natijalarida o‘z aksini topgan.So‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniya fuqarolarining 53 foizi Ukrainaga harbiy yordam berishni davom ettirishga qarshi. Yordam tarafdorlari ulushi esa bir yil ichida 59 foizdan 46 foizgacha kamaygan.So‘rov sentabr oyida Germaniyaning 18 yoshdan oshgan 1 501 nafar fuqarosi o‘rtasida o‘tkazilgan.21 noyabr kuni YouGov tadqiqot markazi o‘tkazgan boshqa so‘rov natijalari ham e’lon qilingan edi.Unga ko‘ra:Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 49 foizi Germaniya kansleri Fridrix Mers imkon qadar tezroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashi kerak, deb hisoblaydi.Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius esa 23-noyabr kungi intervyusida jamoatchilik orasida Ukrainaga yordamni qisqartirish tarafdorlari ko‘payib borayotganiga qaramay, Berlin Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.Vazir bu pozitsiyani Germaniya va NATO xavfsizligi bilan izohladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalarda Abu-Dabida Ukraina, Rossiya, Yevropa va AQSh vakillari ishtirokida maslahatchilar darajasidagi tinchlik muzokaralari qayta boshlanishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20261123/czechia-bosh-vazir-ukraine-byudjet-62222104.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/06/28853925_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c6326c499a980d83d778048ec2e8ef03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, fridrix mers, yordam, so‘rov, ukraina, germaniya
dunyo yangiliklari, dunyoda, fridrix mers, yordam, so‘rov, ukraina, germaniya
Germaniya aholisining aksariyati Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi — so‘rov
14:58 24.11.2026 (yangilandi: 15:11 24.11.2026) Germaniya aholisining aksariyati Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi, qariyb yarmi Putin bilan muloqot tarafdori. Mers Rossiya bilan muzokaralar boshlanishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Germaniya aholisi orasida Ukrainaga harbiy yordam berish tarafdorlari soni kamaymoqda. Bu Korber jamg‘armasi buyurtmasi asosida Forsa sotsiologik tadqiqot instituti o‘tkazgan
so‘rov natijalarida o‘z aksini topgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniya fuqarolarining 53 foizi Ukrainaga harbiy yordam berishni davom ettirishga qarshi. Yordam tarafdorlari ulushi esa bir yil ichida 59 foizdan 46 foizgacha kamaygan.
Shuningdek, respondentlarning 61 foizi Germaniya va Yevropa Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar uchun yetarlicha harakat qilmayapti, deb hisoblaydi.
So‘rov sentabr oyida Germaniyaning 18 yoshdan oshgan 1 501 nafar fuqarosi o‘rtasida o‘tkazilgan.
21 noyabr kuni YouGov tadqiqot markazi o‘tkazgan boshqa
so‘rov natijalari ham e’lon qilingan edi.
25 foiz respondent Ukrainaga yordamni butunlay to‘xtatish, 24 foizi esa yordamni qisqartirish;
30 foizi yordamni hozirgi darajada saqlab qolish;
9 foizi yordamni ko‘paytirish tarafdori.
Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 49 foizi Germaniya kansleri Fridrix Mers imkon qadar tezroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashi kerak, deb hisoblaydi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius esa 23-noyabr kungi intervyusida jamoatchilik orasida Ukrainaga yordamni qisqartirish tarafdorlari ko‘payib borayotganiga qaramay, Berlin Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.
Vazir bu pozitsiyani Germaniya va NATO xavfsizligi bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, 23-noyabr kuni Mers NATO bosh kotibi Mark Rutte bilan Berlinda o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Yevropa Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin haftalarda Abu-Dabida Ukraina, Rossiya, Yevropa va AQSh vakillari ishtirokida maslahatchilar darajasidagi tinchlik muzokaralari qayta boshlanishi mumkin.