Ekologiya yoki iqtisodiyot: BMT iqlim sammiti nega kelishuvsiz tugadi?

© AP Photo / Khalil HamraKlimaticheskiy sammit OON COP31 v Tursii zavershilsya bez klyuchevogo soglasheniya
Klimaticheskiy sammit OON COP31 v Tursii zavershilsya bez klyuchevogo soglasheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2026
Obuna bo‘lish
Turkiyadagi BMT iqlim sammiti neft, gaz va ko‘mirdan voz kechish masalalaridagi bahslar tufayli asosiy kelishuvsiz yakunlandi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning COP31 iqlim sammiti asosiy siyosiy kelishuvga erishilmasdan yakunlandi. Bunga mamlakatlarning neft, gaz va ko‘mirdan voz kechish masalasida murosaga kela olmagani sabab bo‘ldi, deb xabar berdi "Reuters".
Qariyb 200 ta mamlakat vakillari ikki haftadan ortiq davom etgan muzokaralarda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish choralarini muhokama qildi.
Biroq ular qazib olinadigan yoqilg‘idan bosqichma-bosqich voz kechish va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish masalalarida kelisha olmadi.
Nega mamlakatlar kelisha olmadi?
Asosiy ziddiyat ekologik maqsadlar va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasida yuzaga keldi.
Saudiya Arabistoni va boshqa yirik neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish haqidagi qoidalarga qarshi chiqdi. Ularning ta’kidlashicha, neft, gaz va ko‘mir yaqin kelajakda ham jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi.
Rossiya delegatsiyasi ham neft va gaz taklifini talabdan tezroq qisqartirish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.
Rossiya vakili Sergey Kononuchenkoning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda energiya taqchilligi, narxlarning keskin oshishi va yanada iflos yoqilg‘i turlariga o‘tish xavfi yuzaga keladi. Bundan, birinchi navbatda, aholining kam ta’minlangan qatlamlari jabr ko‘radi.
Yevropa Ittifoqi va iqlim o‘zgarishidan ko‘proq zarar ko‘rayotgan ayrim orol davlatlari esa yakuniy hujjatda neft, gaz va ko‘mirdan voz kechish haqida aniq qoidalar bo‘lishini talab qildi.
Biroq taklif etilgan yakuniy hujjatdan qazib olinadigan yoqilg‘i haqidagi bevosita havolalar olib tashlangan edi. Shu sababli YeI va boshqa qator mamlakatlar uni qabul qilishdan bosh tortdi.
Pul masalasida ham kelishmovchilik chiqdi
Rivojlanayotgan davlatlar iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va tozaroq energetikaga o‘tish uchun boy mamlakatlardan ko‘proq moliyaviy yordam talab qildi.
Bu yerda ham tomonlar o‘rtasida jiddiy tafovutlar saqlanib qoldi.
Shu tariqa, sammitda ekologik maqsadlarni amalga oshirish uchun kim qancha mablag‘ sarflashi, neft va gazdan qanday sur’atda voz kechishi masalalari asosiy bahsga aylandi.
2009 yildan beri birinchi marta
Antaliyadagi sammit 22-noyabr kuni, rejalashtirilgan muddatdan qariyb ikki kun kech yakunlandi. 2009-yildagi Kopengagen sammitidan beri birinchi marta BMTning yillik iqlim anjumani asosiy siyosiy kelishuvni qabul qila olmadi.
Shunga qaramay, ishtirokchilar ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, iqlim o‘zgarishiga moslashish va energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muayan qarorlarga erishdi.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ijrochi kotibi Saymon Still sammit natijalaridan chuqur xafsalasi pir bo‘lganini bildirib, xalqaro muzokaralar tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Navbatdagi COP32 iqlim sammiti 2027-yilda Efiopiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
COP31: dlya Uzbekistana zapushena ekologicheskaya programma na 103,7 mln yevro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2026
COP31: O‘zbekiston 103,7 mln yevrolik ekologik dasturni boshladi, yangi tashabbuslar bildirdi
Yangiliklar lentasi
0