Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

WP: Tramp yevropaliklarni Kiyevga homiylik qilishni bas qilishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2026
Obuna bo‘lish
Amerika prezidentining ta’kidlashicha, yevropaliklar o‘z davlatlari manfaatlari o‘rniga Kiyevga "milliard va milliardlar" sarflamoqda, Putin esa tinchlikka intilmoqda.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarini pullarini Ukrainaga emas, balki o‘z mamlakatlariga sarflashga chaqirdi, deb yozadi “The Washington Post” (WP) manbalarga tayanib.
Gazetaning yozishicha, kecha Oq uy rahbari samolyot bortidan kuyovi Jared Kushnerga qo‘ng‘iroq qilgan. U o‘sha paytda Berlinda AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan birga "xohlovchilar koalitsiyasi" yig‘ilishida ishtirok etayotgan bo‘lgan.
“Tramp Vladimir Putin tinchlikka intilayotganini ma’lum qildi va yevropaliklarni Ukrainaga sarflayotgan pullarini o‘zlariga yo‘naltirish uchun Kreml bilan bitim tuzishga chaqirdi”, - deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, Yevropa yetakchilari, jumladan, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk bu tashabbusga shubha bilan qaradi va Kiyevni harbiy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.
“Xohlovchilar koalitsiyasi” uchrashuvidan so‘ng Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Tramp qo‘ng‘iroq paytida Shenchjendagi uch tomonlama sammit haqida batafsil gapirib berganini va Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarini Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishga chaqirganini bildirdi.
Payshanba kuni Shenchjen shahrida Rossiya rahbari Vladimir Putin Rossiya diplomatik kanallar orqali yevropaliklarni mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini eshitish uchun Moskvaga kelishga taklif qilganini aytdi. Putin Ukraina va Rossiya uchun kafolatlar umumevropa xavfsizligiga kiritilishi kerakligiga rozi bo‘ldi va bu masalani muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukraina bo‘yicha murosalar, saylovlar va Qrim ko‘prigiga javob haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0