https://oz.sputniknews.uz/20261118/trump-xi-jinping-62110132.html
Tramp Si Szinpin aeroportda shaxsan kutib olgan birinchi xorijiy rahbar bo‘ldi
Tramp Si Szinpin aeroportda shaxsan kutib olgan birinchi xorijiy rahbar bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin Trampni Shenchjen aeroportida shaxsan kutib oldi. 19-noyabrda AQSh, Rossiya va Xitoy rahbarlari ilk uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Muzokaralarda yadroviy qurollar va xalqaro xavfsizlik muhokama qilinadi.
2026-11-18T19:09+0500
2026-11-18T19:09+0500
2026-11-18T19:09+0500
donald tramp
si szinpin
vladimir putin
xitoy
dunyo yangiliklari
muzokaralar
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/12/62109950_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_ac7485a08b6bc59b9b60db39a7a5d75a.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Trampni Shenchjen aeroportida shaxsan kutib oldi. Ikki davlat rahbari qo‘l berib ko‘rishdi va quchoqlashdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi."Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, Si Szinpin Xitoy rahbari bo‘lganidan buyon ilk bor xorijiy davlat rahbarini aeroportda shaxsan kutib oldi. Bu Trampning sentabr oyida Si Szinpinni AQShga tashrifi chog‘ida xuddi shunday kutib olganiga javob bo‘ldi.Tramp Xitoyga 18–19 noyabr kunlari o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitida ishtirok etish uchun keldi.Muzokaralarda yadroviy qurollarni qisqartirish, Eron atrofidagi vaziyat, xalqaro xavfsizlik va savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.Tramp Ukraina mojarosini ham Putin va Si Szinpin bilan muhokama qilish niyatini bildirgan. Uning fikricha, mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati yaqinlashmoqda.Shuningdek, AQSh va Xitoy rahbarlari alohida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ularda savdo bojlari, yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi raqobat asosiy masalalardan bo‘lishi kutilmoqda.OTIH 21 ta iqtisodiyotni birlashtiradi. Ular hissasiga jahon iqtisodiy faoliyatining qariyb 60 foizi to‘g‘ri keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261116/putin-trump-xi-jinping-muhokama-62040905.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/12/62109950_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_04ee6ea0efa2db4ad2ba8cd786c29688.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donald tramp, si szinpin, vladimir putin, xitoy, dunyo yangiliklari, muzokaralar, dunyoda
donald tramp, si szinpin, vladimir putin, xitoy, dunyo yangiliklari, muzokaralar, dunyoda
Tramp Si Szinpin aeroportda shaxsan kutib olgan birinchi xorijiy rahbar bo‘ldi
Si Szinpin birinchi marta xorijiy davlat rahbarini aeroportda shaxsan kutib oldi. 19-noyabrda u Putin va Tramp bilan uchrashadi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Trampni Shenchjen aeroportida shaxsan kutib oldi. Ikki davlat rahbari qo‘l berib ko‘rishdi va quchoqlashdi, deb
xabar berdi Sinxua agentligi.
"Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, Si Szinpin Xitoy rahbari bo‘lganidan buyon ilk bor xorijiy davlat rahbarini aeroportda shaxsan kutib oldi. Bu Trampning sentabr oyida Si Szinpinni AQShga tashrifi chog‘ida xuddi shunday kutib olganiga javob bo‘ldi.
Tramp Xitoyga 18–19 noyabr kunlari o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitida ishtirok etish uchun keldi.
19 noyabrda AQSh, Rossiya va Xitoy rahbarlarining ilk uch tomonlama uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda yadroviy qurollarni qisqartirish, Eron atrofidagi vaziyat, xalqaro xavfsizlik va savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tramp Ukraina mojarosini ham Putin va Si Szinpin bilan muhokama qilish niyatini bildirgan. Uning fikricha, mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati yaqinlashmoqda.
Shuningdek, AQSh va Xitoy rahbarlari alohida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ularda savdo bojlari, yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi raqobat asosiy masalalardan bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Putin va Si Szinpin Shenchjenda ikki tomonlama muzokara o‘tkazgan edi.
OTIH 21 ta iqtisodiyotni birlashtiradi. Ular hissasiga jahon iqtisodiy faoliyatining qariyb 60 foizi to‘g‘ri keladi.