Rossiyadan O‘zbekistonga agromahsulotlar eksporti 1,6 barobarga oshdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishXIII Forum-vistavka "Goszakaz – za chestnie zakupki"
XIII Forum-vistavka Goszakaz – za chestnie zakupki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyadan O‘zbekistonga agromahsulotlar yetkazib berish hajmi o‘n oyda o‘tgan yilning to‘liq ko‘rsatkichidan oshib, yangi rekord o‘rnatdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiyadan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti rekord darajaga yetdi. Bu haqda Toshkentda o‘tayotgan ishbilarmonlik missiyasida "Agroeksport" markazi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida Rossiya O‘zbekistonga 1,4 mln tonnadan ortiq agrosanoat mahsulotlarini yetkazib bergan. Ularning umumiy qiymati 1,2 mlrd dollardan oshgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 1,6 barobarga, qiymati esa 32 foizga oshgan.
E’tiborlisi, joriy yilning dastlabki o‘n oyidagi yetkazib berish hajmi butun 2025-yil ko‘rsatkichidan ham oshib ketgan. Natijada eksport ham hajm, ham qiymat jihatidan kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajaga yetgan.
Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p quyidagi mahsulotlarni eksport qilgan:
shakar — qariyb 274 mln dollar;
soya kunjarasi va shroti — 139 mln dollar;
shokolad mahsulotlari — 93 mln dollar;
kungaboqar yog‘i — 60 mln dollardan ortiq;
bug‘doy — 52 mln dollardan ortiq.
Rossiya O‘zbekistonga oziq-ovqat yetkazib beruvchi eng yirik davlatlar orasida ikkinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumotlar 18–20 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilayotgan Rossiya agrosanoat mahsulotlari eksportchilarining ishbilarmonlik missiyasi doirasida taqdim etildi.
Tadbirda Rossiyaning 50 tadan ortiq eksportchi kompaniyasi ishtirok etmoqda. Dastur doirasida O‘zbekistondagi importchilar, distribyutorlar va savdo korxonalari bilan 200 tadan ortiq ishbilarmonlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Pshenichnaya muka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Rossiyaning O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti qariyb 1,5 baravarga oshdi
Yangiliklar lentasi
0