https://oz.sputniknews.uz/20261118/russia-china-munosabatlar-62094768.html
Rossiya va Xitoy munosabatlari har qanday bo‘ronda ham tog‘dek mustahkam — Si Szinpin
Rossiya va Xitoy munosabatlari har qanday bo‘ronda ham tog‘dek mustahkam — Si Szinpin
Sputnik O‘zbekiston
Putin va Si Szinpin Shenchjenda ikki soatdan ortiq muzokara o‘tkazdi. Tomonlar savdo, energetika va xalqaro vaziyatni muhokama qildi. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 200 mlrd dollardan oshmoqda.
2026-11-18T12:54+0500
2026-11-18T12:54+0500
2026-11-18T13:05+0500
si szinpin
vladimir putin
hamkorlik
dunyo yangiliklari
sammit
dunyoda
rossiya
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/12/62094175_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_253ff2da80f1c8b2d2562023a5c44967.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ikki mamlakat munosabatlarini har qanday qiyinchilik va bo‘ronlarga qaramay tog‘dek mustahkam deb ta’rifladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Uchrashuv ikki soatdan ortiq davom etdi. Muzokaralar kengaytirilgan va tor doirada, jumladan, ishchi nonushta shaklida bo‘lib o‘tdi.Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi bir necha yildan buyon 200 mlrd dollardan oshmoqda. Joriy yilda ham ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi kutilmoqda.Rossiya prezidenti ikki davlatning innovatsiyalar, transport va gumanitar sohalardagi hamkorligiga to‘xtaldi. Vizasiz rejim joriy etilganidan so‘ng o‘zaro sayyohlar oqimi 43 foizga oshgan.Si Szinpin esa ikki davlat munosabatlari xalqaro vaziyatdagi o‘zgarishlarga qaramay mustahkamligicha qolayotganini ta’kidladi.Uning ta’kidlashicha, mazkur hamkorlik beqaror xalqaro vaziyatda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.Si Szinpin 2013-yildan buyon Putin bilan shaxsan va videaloqa orqali 50-marta muloqot qilganini ham qayd etdi.Muzokaralar kun tartibiRossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq uchrashuvda energetika, moliya, yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlik muhokama qilinishini ma’lum qilgan edi.Shuningdek, xalqaro masalalar, jumladan, Ukraina mojarosi, Koreya yarim orolidagi vaziyat va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi strategik hamkorlik ham kun tartibidan o‘rin olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261118/sanktsiyalar-russia-eu-62088005.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/12/62094175_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d888911a3f297cb3945fadd37db7429a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
si szinpin, vladimir putin, hamkorlik, dunyo yangiliklari, sammit, dunyoda, rossiya, xitoy
si szinpin, vladimir putin, hamkorlik, dunyo yangiliklari, sammit, dunyoda, rossiya, xitoy
Rossiya va Xitoy munosabatlari har qanday bo‘ronda ham tog‘dek mustahkam — Si Szinpin
12:54 18.11.2026 (yangilandi: 13:05 18.11.2026) Rossiya va Xitoy rahbarlari savdo-iqtisodiy hamkorlik, xalqaro vaziyat va ikki davlat o‘rtasidagi strategik munosabatlarni muhokama qildi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ikki mamlakat munosabatlarini har qanday qiyinchilik va bo‘ronlarga qaramay tog‘dek mustahkam deb ta’rifladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Uchrashuv ikki soatdan ortiq davom etdi. Muzokaralar kengaytirilgan va tor doirada, jumladan, ishchi nonushta shaklida bo‘lib o‘tdi.
Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi bir necha yildan buyon 200 mlrd dollardan oshmoqda. Joriy yilda ham ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti ikki davlatning innovatsiyalar, transport va gumanitar sohalardagi hamkorligiga to‘xtaldi. Vizasiz rejim joriy etilganidan so‘ng o‘zaro sayyohlar oqimi 43 foizga oshgan.
"Rossiya va Xitoyning tashqi siyosat sohasidagi hamkorligi barqaror va ijobiy yo‘nalishda rivojlanmoqda. Murakkab geosiyosiy vaziyatda yanada adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirishga konstruktiv yondashmoqdamiz", — dedi Putin.
Si Szinpin esa ikki davlat munosabatlari xalqaro vaziyatdagi o‘zgarishlarga qaramay mustahkamligicha qolayotganini ta’kidladi.
"Ikkimizning qat’iy rahbarligimiz ostida Xitoy va Rossiya munosabatlari har qanday qiyinchilik va bo‘ronlarga qaramay tog‘dek qo‘zg‘almas bo‘lib kelgan va shundayligicha qolmoqda", — dedi Xitoy rahbari.
Uning ta’kidlashicha, mazkur hamkorlik beqaror xalqaro vaziyatda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Si Szinpin 2013-yildan buyon Putin bilan shaxsan va videaloqa orqali 50-marta muloqot qilganini ham qayd etdi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq uchrashuvda energetika, moliya, yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlik muhokama qilinishini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, xalqaro masalalar, jumladan, Ukraina mojarosi, Koreya yarim orolidagi vaziyat va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi strategik hamkorlik ham kun tartibidan o‘rin olgan.