https://oz.sputniknews.uz/20261118/netanyaxu-israel-parlament-nazorat-62101277.html
Netanyaxu Isroil parlamenti ustidan nazoratni yo‘qotdi
Netanyaxu Isroil parlamenti ustidan nazoratni yo‘qotdi
Sputnik O‘zbekiston
Netanyaxu Isroil parlamenti ustidan nazoratni yo‘qotdi. Muxolifat va arab partiyalari qo‘llab-quvvatlagan Metan Kaxana Knesset raisi bo‘ldi. Yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
2026-11-18T15:46+0500
2026-11-18T15:46+0500
2026-11-18T16:16+0500
isroil
siyosat
dunyo yangiliklari
saylovlar
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/12/62101053_0:87:3071:1814_1920x0_80_0_0_811c4e43b58509754b3711c185ecb51b.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning siyosiy raqiblari mamlakat parlamenti — Knesset rahbariyati ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Muxolifatdagi "Yashar" partiyasi vakili Metan Kaxana parlament raisi etib saylandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.120 nafar deputatdan iborat Knessetda Kaxana nomzodini 66 nafar parlamentariy qo‘llab-quvvatladi. Netanyaxuning "Likud" partiyasidan ko‘rsatilgan Ofir Kas esa 52 ta ovoz oldi.Netanyaxuning qarorgohida yangi parlament raisi "Isroil dushmanlari ko‘magida" saylangani aytildi. Bu bilan Kaxanani qo‘llab-quvvatlagan arab partiyalari vakillariga ishora qilindi.Isroilda siyosiy vaziyat27 oktabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida Netanyaxu bloki 53 ta, Gadi Ayzenkot boshchiligidagi muxolifat esa 48 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan. Arab partiyalari 19 ta mandatga ega bo‘lgan.Saylovlardan so‘ng Isroil prezidenti Isxak Gersog Ayzenkotga yangi hukumatni shakllantirish vakolatini berdi. Buning uchun unga 28 kun ajratilgan.Ma’lumot uchun: Knesset Isroilning oliy qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, qonunlar va davlat budjetini qabul qiladi, hukumat faoliyatini nazorat qiladi hamda belgilangan tartibda unga ishonchsizlik bildirishi mumkin. Parlament raisi esa majlislarni boshqaradi, o‘rinbosarlari bilan birgalikda kun tartibini belgilaydi va qonun loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois bu lavozimning muxolifat qo‘liga o‘tishi Netanyaxuning parlamentdagi siyosiy imkoniyatlarini cheklashi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20261108/palestine-ayzenkot-netanyaxu-61832458.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/12/62101053_245:0:2974:2047_1920x0_80_0_0_57b7bb2445e08f33c5b64df96866f70a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
isroil, siyosat, dunyo yangiliklari, saylovlar, dunyoda
isroil, siyosat, dunyo yangiliklari, saylovlar, dunyoda
Netanyaxu Isroil parlamenti ustidan nazoratni yo‘qotdi
15:46 18.11.2026 (yangilandi: 16:16 18.11.2026) Muxolifat va arab partiyalari qo‘llab-quvvatlagan Metan Kaxana Knesset raisi etib saylandi. U 120 nafar deputatdan 66 nafarining ovozini oldi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning siyosiy raqiblari mamlakat parlamenti — Knesset rahbariyati ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Muxolifatdagi "Yashar" partiyasi vakili Metan Kaxana parlament raisi etib saylandi, deb
xabar bermoqda RIA Novosti.
120 nafar deputatdan iborat Knessetda Kaxana nomzodini 66 nafar parlamentariy qo‘llab-quvvatladi. Netanyaxuning "Likud" partiyasidan ko‘rsatilgan Ofir Kas esa 52 ta ovoz oldi.
Kaxananing saylanishida muxolifat bilan bir qatorda arab partiyalari deputatlarining ovozlari ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Netanyaxuning qarorgohida yangi parlament raisi "Isroil dushmanlari ko‘magida" saylangani aytildi. Bu bilan Kaxanani qo‘llab-quvvatlagan arab partiyalari vakillariga ishora qilindi.
27 oktabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida Netanyaxu bloki 53 ta, Gadi Ayzenkot boshchiligidagi muxolifat esa 48 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan. Arab partiyalari 19 ta mandatga ega bo‘lgan.
Saylovlardan so‘ng Isroil prezidenti Isxak Gersog Ayzenkotga yangi hukumatni shakllantirish vakolatini berdi. Buning uchun unga 28 kun ajratilgan.
Hozircha Netanyaxu hukumat rahbari lavozimida qolmoqda, biroq Knesset rahbariyatining muxolifat qo‘liga o‘tishi uning parlamentdagi ta’sirini cheklaydi.
Ma’lumot uchun: Knesset Isroilning oliy qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, qonunlar va davlat budjetini qabul qiladi, hukumat faoliyatini nazorat qiladi hamda belgilangan tartibda unga ishonchsizlik bildirishi mumkin. Parlament raisi esa majlislarni boshqaradi, o‘rinbosarlari bilan birgalikda kun tartibini belgilaydi va qonun loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois bu lavozimning muxolifat qo‘liga o‘tishi Netanyaxuning parlamentdagi siyosiy imkoniyatlarini cheklashi mumkin.