Saida Mirziyoyeva rossiyalik tadbirkorlar bilan Buxoro turizmini muhokama qildi

© Telegram kanal S.MirziyoyevoySaida Mirziyoyeva vstretilas s rukovoditelyami Aman Group i Capital Group
Saida Mirziyoyeva vstretilas s rukovoditelyami Aman Group i Capital Group - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyalik tadbirkorlar Vladislav Doronin va Pavel Tyo bilan uchrashuvda Buxoro turizmini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rossiyalik tadbirkorlar — "Aman Group" raisi Vladislav Doronin va "Capital Group" direktorlar kengashi raisi Pavel Tyo bilan Buxoroda turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda tarixiy merosni asrab-avaylagan holda Buxoroning sayyohlik salohiyatini oshirish va xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
"Biz tarixiy merosga avaylab yondashadigan xalqaro brendlar bilan sheriklikka ochiqmiz. Bunday tashabbuslar mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz", — deb yozdi Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, "Capital Group" direktorlar kengashi raisi Pavel Tyo 1963-yilda Toshkentda tug‘ilgan.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga xorijiy sayyohlar oqimini ikki baravar oshirib, yiliga 7 mln nafarga yetkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqishni topshirgan edi.
2026 yilda viloyatga 3,5 mln nafar xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Turizmni rivojlantirish doirasida yangi mehmonxonalar, sayyohlik markazlari va zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Jumladan, Buxoroda "Hilton Garden Inn" va "Holiday Inn" mehmonxonalari qurilmoqda, Buxoro tumanida esa 500 million dollarlik sayyohlik klasteri tashkil etish ko‘zda tutilgan.
V Buxare sozdayetsya noviy sentr dlya mejdunarodnix meropriyatiy i turistov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2026
Buxoro xalqaro sammitlarga tayyorlanmoqda: 105 mln dollarlik markaz va yangi mehmonxonalar
Yangiliklar lentasi
0