https://oz.sputniknews.uz/20261117/eco-uzbekistan-tashabbuslar-62065990.html
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida O‘zbekiston tashabbuslari qayd etildi
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida O‘zbekiston tashabbuslari qayd etildi
Sputnik O‘zbekiston
Islomobod kommunikesida Termizdagi savdo va logistika markazlari, O‘zbekistonning yoshlar va ekologiya tashabbuslari qayd etildi. O‘zbekiston — Turkmaniston qo‘shma savdo zonasi tajribasini qo‘llash taklif qilindi.
2026-11-17T11:12+0500
2026-11-17T11:12+0500
2026-11-17T11:13+0500
tashqi siyosat
siyosat
o‘zbekiston tiv
ekologiya
yoshlar
jamiyat
o‘zbekiston
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62059822_59:211:1014:748_1920x0_80_0_0_85c2fe246062d74578e93121353b48a4.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Islomobodda qabul qilingan kommunikeda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlari O‘zbekistonning qator tashabbuslarini e’tirof etdi. Hujjat matni Pokistonning APP davlat axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi. Kommunike 16-noyabrda o‘tkazilgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yig‘ilishi yakunida qabul qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov rahbarlik qildi.Termizning savdo va gumanitar hamkorlikdagi o‘rniHujjatda Termiz xalqaro savdo markazi va Termiz ko‘p funksiyali transport-logistika xabining mintaqaviy savdo, transport bog‘liqligi va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga, ayniqsa, Afg‘oniston bilan aloqalarga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.Yoshlarni tinchlik yo‘lida birlashtirishIshtirokchilar O‘zbekistonning “Tinchlik yo‘lida jahon yoshlar harakati”ni tashkil etish tashabbusini olqishladi. A’zo davlatlarning yoshlar tashkilotlari unda faol ishtirok etishga chaqirildi.Ekologiya bo‘yicha muloqotO‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan Ekologik hamkorlik bo‘yicha yuqori darajali muloqot platformasining ahamiyati ham qayd etildi. U bilim va tajriba almashish, amaliy yechimlarni topish hamda mintaqada ekologik harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida e’tirof etildi.Qo‘shma savdo zonasi — namunaO‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi qo‘shma savdo zonasi muvaffaqiyatli tajriba sifatida ko‘rsatildi. A’zo davlatlarga ushbu modelni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi.Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035” hujjati ham qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20261019/una-musulmon-davlatlar-harakat-61307505.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62059822_160:161:920:731_1920x0_80_0_0_14745fcffdde91ce5281810b492d8d8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashqi siyosat, siyosat, o‘zbekiston tiv, ekologiya , yoshlar, jamiyat, o‘zbekiston, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht)
tashqi siyosat, siyosat, o‘zbekiston tiv, ekologiya , yoshlar, jamiyat, o‘zbekiston, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht)
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yig‘ilishida O‘zbekiston tashabbuslari qayd etildi
11:12 17.11.2026 (yangilandi: 11:13 17.11.2026) IHT davlatlari O‘zbekistonning tinchlik va ekologiya tashabbuslarini qayd etib, Termiz markazlarining mintaqaviy ahamiyatini e’tirof etdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Islomobodda qabul qilingan kommunikeda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) davlatlari O‘zbekistonning qator tashabbuslarini e’tirof etdi. Hujjat matni Pokistonning APP davlat axborot agentligi tomonidan
e’lon qilindi.
Kommunike 16-noyabrda o‘tkazilgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yig‘ilishi yakunida qabul qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov rahbarlik qildi.
Termizning savdo va gumanitar hamkorlikdagi o‘rni
Hujjatda Termiz xalqaro savdo markazi va Termiz ko‘p funksiyali transport-logistika xabining mintaqaviy savdo, transport bog‘liqligi va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga, ayniqsa, Afg‘oniston bilan aloqalarga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.
Yoshlarni tinchlik yo‘lida birlashtirish
Ishtirokchilar O‘zbekistonning “Tinchlik yo‘lida jahon yoshlar harakati”ni tashkil etish tashabbusini olqishladi. A’zo davlatlarning yoshlar tashkilotlari unda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Ekologiya bo‘yicha muloqot
O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan Ekologik hamkorlik bo‘yicha yuqori darajali muloqot platformasining ahamiyati ham qayd etildi. U bilim va tajriba almashish, amaliy yechimlarni topish hamda mintaqada ekologik harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, Samarqandda iyun oyida o‘tkazilgan IHT ekologiya vazirlarining oltinchi yig‘ilishi natijalari olqishlandi.
Qo‘shma savdo zonasi — namuna
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi qo‘shma savdo zonasi muvaffaqiyatli tajriba sifatida ko‘rsatildi. A’zo davlatlarga ushbu modelni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035” hujjati ham qabul qilindi.