Jizzaxda tungi klublarning axloqqa zid 500 ga yaqin reklama roligi o‘chirildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKlub
Klub - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Ikki tungi klubning Instagram* sahifalarida milliy qadriyatlar va axloq normalariga zid tasvirlardan foydalanilgani aniqlandi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Jizzax shahridagi ikki tungi klubning Instagram* sahifalaridan axloq va ma’naviyat normalariga zid deb topilgan 500 ga yaqin reklama roligi olib tashlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi sentabr–oktabr oylarida "JIZZAX LEADER FOOD" hamda "AZIZ BOG‘IShAMOL KLUB" MChJlarga qarashli tungi klublarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarini o‘rgandi.
Tekshiruv davomida 500 ga yaqin videorolikda milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek, umume’tirof etilgan axloq va ma’naviyat normalariga zid tasvir va obrazlardan foydalanilgani aniqlandi.
Mazkur reklamalar yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Jizzax viloyati bo‘limidan xulosa olindi. Unga ko‘ra, roliklar "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 16-moddasi talablariga zid deb topildi.
Natijada har ikki tungi klubning Instagram* sahifalaridan qonun talablariga zid reklama materiallari olib tashlandi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sahifalarning jami 120 mingdan ortiq obunachisi nomaqbul reklamalar ta’siridan himoyalangan.
* Meta (Instagram ijtimoiy tarmog‘i) faoliyati Rossiyada ekstremistik faoliyat sifatida taqiqlangan.
V Uzbekistane proverayut reklamu znamenitostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2026
Xonandalar, aktorlar va sportchilarning reklamalari tekshirilmoqda — 12 bloger jazolandi
Yangiliklar lentasi
0