Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi

© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
Ikkita koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilyapti.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi.
Prezidentning tegishli qarori bilan 2026-yil 1-dekabrdan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish belgilandi.
Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5 nafargacha bolalarni qamrab oladigan kechayu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunchilikda Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarni o‘z vaqtida emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ta’minlanadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni o‘rganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi.