Yevropadagi xavfsizlik, Konstantinovkada gumanitar missiya: Ushakov bayonotlari
10:13 13.11.2026 (yangilandi: 10:49 13.11.2026)

© Sputnik / POOL
/ Obuna bo‘lish
Moskva amerikalik hamkorlar Moskvaning pozitsiyasini Kiyev va Yevropa poytaxtlariga yetkazishiga ishonadi va Amerika tomoni bilan hamkorlikda Yevropa xavfsizligi bo‘yicha muloqotga kirishga umid qilmoqda.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik muzokarachilar Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan suhbati mazmunli va foydali bo‘ldi. Bu haqda Rossiya rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov brifing chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.
Ushakovning asosiy bayonotlari:
Amerika muzokarachilari Putinning Konstantinovkadagi gumanitar missiya bo‘yicha taklifini faol qo‘llab-quvvatladi;
Rossiya Konstantinovkada gumanitar aksiya o‘tkazish uchun zudlik bilan minalardan tozalashni boshlashga tayyor;
Konstantinovkadagi gumanitar aksiya barchaga bu shahar aslida kimning nazorati ostida ekanligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi;
Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda Yevropa xavfsizligi bo‘yicha takliflarni muhokama qilishga tayyor;
Rossiya Federatsiyasi Yevropa xavfsizligi bo‘yicha yangi mulohazalarga ega;
Ushakov Ukrainaga Yevropa kontingentini kiritish takliflarini “tuganmas urush retsepti” deb atadi;
Hozir eng keng ko‘lamli asirlar almashinuvi parametrlari kelishib olinmoqda;
Uitkoff va Kushner bilan uchrashuvda Zelenskiyning xulq-atvori va Trampga yo‘llagan “salomlari” muhokama qilindi;
Putin va Tramp Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitida rejalashtirilgan ikki tomonlama uchrashuvda Ukraina masalasini muhokama qilishni davom ettiradi;
Xitoyda bo‘lib o‘tadigan OTIH sammitida Rossiya, Xitoy va AQSh rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi mazmuni faol muhokama qilinmoqda;
Kreml Kushner va Uitkoff Putin bilan uchrashuv signallarini Zelenskiyga yetkazishiga umid qilmoqda.
10-11 noyabr kunlari Abu-Dabida Rossiya, AQSh va Ukraina delegatsiyalarining uch tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari va mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qildi.

