Rossiyada 9 oyda 143 ming nafar migrantni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishRetro-reys a/k Aeroflot po marshrutu Moskva-Krasnoyarsk-Moskva
Retro-reys a/k Aeroflot po marshrutu Moskva-Krasnoyarsk-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakatga kirishi taqiqlanganlar soni ham ko‘paydi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiyada 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida chet el fuqarolarini ma’muriy tartibda mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha 143,1 mingta qaror qabul qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravar ko‘p. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi apparati matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Shu davrda chet el fuqarolariga nisbatan 1,8 millionta ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,6 foizga kamaygan.
Biroq migrantlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ayrim cheklov choralari ko‘paygan:
143,1 mingta — mamlakatdan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorlar (3 baravar o‘sish);
290,8 mingta — Rossiyaga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorlar (75,2 foiz o‘sish);
78,7 mingta — vaqtincha bo‘lish muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi qarorlar (2,5 baravar o‘sish);
4,8 mingta — deportatsiya to‘g‘risidagi qarorlar (24 foiz kamayish).
Ma’muriy tartibda chiqarib yuborish va deportatsiya Rossiya qonunchiligida alohida tartiblar hisoblanadi. Qabul qilingan qarorlar soni esa mamlakatni amalda tark etganlar soniga teng emas.
Shuningdek, Rossiyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomalar soni 17,1 foizga, yashash guvohnomalari soni esa 43 foizga kamaygan.
Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktabr holatiga Rossiyada 5,9 million nafar chet el fuqarosi bo‘lgan. Bir yil avval ularning soni qariyb 6,5 million nafarni tashkil etgan.
Ministr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Rossiya ichki ishlar vaziri migratsiya nazorati natijalari va rejalar haqida ma’lumot berdi
Yangiliklar lentasi
0