https://oz.sputniknews.uz/20261111/telefon-boj-muhokama-61939733.html
Telefonlar uchun bojni bekor qilish muhokama qilinmoqda — Bojxona qo‘mitasi bayonotlari
Telefonlar uchun bojni bekor qilish muhokama qilinmoqda — Bojxona qo‘mitasi bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda telefonlar uchun bojxona bojini 0 foizgacha tushirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Toshkentda xorijdan keltirilgan telefonlarni rasmiylashtirish tiklandi, vaqtincha olib qo‘yilgan qurilmalar qaytarilmoqda.
2026-11-11T18:03+0500
2026-11-11T18:03+0500
2026-11-11T18:05+0500
jahon savdo tashkiloti (jst)
telefon
bojxona qo‘mitasi
bojxona boji
jamiyat
uzimei-kod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0b/61939511_0:90:372:299_1920x0_80_0_0_ce96849ce929fd8b037123342d925269.png
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi arafasida mobil qurilmalar uchun amaldagi bojxona boji stavkasini 0 foizgacha pasaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi vakillari matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Shuningdek, Toshkentdagi bojxona punktlarida xorijdan olib kelingan telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish qayta tiklandi.Bojxona qo‘mitasi vakillari telefonlarni rasmiylashtirish 30 kungacha kechikishi, majburiy ekspertiza o‘tkazilishi va tezlashtirilgan rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.Rasmiylashtirish jarayonining vaqtincha to‘xtatilishi qurilmalarning IMEI kodlarini chuqur tekshirish, ularning qonuniy olib kirilganini aniqlash va noqonuniy importning oldini olish uchun mutaxassislarni jalb qilish zarurati bilan izohlandi.Joriy yilning dastlabki 10 oyida "Toshkent-AERO" bojxona kompleksida 185 ta holat bo‘yicha umumiy qiymati 8,8 milliard so‘mlik 1185 ta telefonning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan.Mobil qurilmalar uchun bojxona bojini 0 foizgacha pasaytirish masalasi hozircha muzokara bosqichida. Bu borada yakuniy qaror qabul qilingani ma’lum qilinmadi.
https://oz.sputniknews.uz/20261111/tashkent-aeroport-telefon-rasmiylashtirish-61919971.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0b/61939511_0:55:372:334_1920x0_80_0_0_93980b16ffcf3a5cec4904b05cd1e841.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jahon savdo tashkiloti (jst), telefon, bojxona qo‘mitasi, bojxona boji, jamiyat, uzimei-kod
jahon savdo tashkiloti (jst), telefon, bojxona qo‘mitasi, bojxona boji, jamiyat, uzimei-kod
Telefonlar uchun bojni bekor qilish muhokama qilinmoqda — Bojxona qo‘mitasi bayonotlari
18:03 11.11.2026 (yangilandi: 18:05 11.11.2026) Toshkentdagi bojxona punktlarida xorijdan olib kelingan telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish qayta tiklandi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi arafasida mobil qurilmalar uchun amaldagi bojxona boji stavkasini 0 foizgacha pasaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi vakillari matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shuningdek, Toshkentdagi bojxona punktlarida xorijdan olib kelingan telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish qayta tiklandi.
Vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilgan qurilmalar egalariga qaytarila boshlandi.
Bojxona qo‘mitasi vakillari telefonlarni rasmiylashtirish 30 kungacha kechikishi, majburiy ekspertiza o‘tkazilishi va tezlashtirilgan rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Rasmiylashtirish jarayonining vaqtincha to‘xtatilishi qurilmalarning IMEI kodlarini chuqur tekshirish, ularning qonuniy olib kirilganini aniqlash va noqonuniy importning oldini olish uchun mutaxassislarni jalb qilish zarurati bilan izohlandi.
Shu maqsadda bojxona xodimlari va UZIMEI markazi mutaxassislari o‘rtasida doimiy amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu telefonlarni tekshirish va rasmiylashtirish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish imkonini beradi.
Joriy yilning dastlabki 10 oyida "Toshkent-AERO" bojxona kompleksida 185 ta holat bo‘yicha umumiy qiymati 8,8 milliard so‘mlik 1185 ta telefonning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan.
Mobil qurilmalar uchun bojxona bojini 0 foizgacha pasaytirish masalasi hozircha muzokara bosqichida. Bu borada yakuniy qaror qabul qilingani ma’lum qilinmadi.