Millatchilik vatanparvarlik niqobi ostida yashirinadi — Kiselov
Millatchilik vatanparvarlik niqobi ostida yashirinadi — Kiselov
Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi MDH mediaforumida Kiselov millatchilikning xavfi haqida gapirdi. Simonyan sun’iy intellektning jurnalistikaga ta’siri, Malinina esa Sputnik bilan hamkorlik va Hamdo‘stlik axborot makoni haqida fikr bildirdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Millatchilik, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, hali hech kimni baxtli qilmagan. Bu haqda "Rossiya segodnya" xalqaro mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov Moskvada o‘tayotgan MDH mamlakatlarining V mediaforumida bildirdi.Uning ta’kidlashicha, millatchilikni vatanparvarlikdan farqlash kerak. Chunki millatchilik ko‘pincha vatanparvarlik niqobi ostida namoyon bo‘lib, oxir-oqibat davlatga zarar yetkazadigan faoliyatga aylanishi mumkin.Kiselovning ta’kidlashicha, millatchilik qanday shaklda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, faqat zarar keltiradi.Simonyan: Sun’iy intellekt jurnalistlarning o‘rnini egallaydimi?"Rossiya segodnya" mediaguruhi va RT bosh muharriri Margarita Simonyan forum ishtirokchilarini qutlab, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tarixiy va insoniy aloqalarga to‘xtaldi.Simonyan sun’iy intellektning jurnalistika kelajagiga ta’siri haqida ham fikr bildirdi.MDH Sputnik bilan hamkorlikni yuqori baholadiMDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Svetlana Malinina Sputnik agentligini Hamdo‘stlikning muhim strategik hamkori deb atadi.U Sputnik yaqin xorij mamlakatlarida 13 ta saytga ega ekanini, ular nafaqat rus tilida, balki faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning milliy tillarida ham axborot tarqatishini ta’kidladi.Malinina ushbu faoliyatni yuqori baholab, Dmitriy Kiselov va Sputnikning yaqin xorijdagi faoliyatiga mas’ul Andrey Blagodirenkoga minnatdorchilik bildirdi.
Kiselov millatchilik xavfidan ogohlantirdi, Simonyan sun’iy intellekt, Malinina esa Sputnik bilan hamkorlikni tilga oldi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Millatchilik, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, hali hech kimni baxtli qilmagan. Bu haqda "Rossiya segodnya" xalqaro mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov Moskvada o‘tayotgan MDH mamlakatlarining V mediaforumida bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, millatchilikni vatanparvarlikdan farqlash kerak. Chunki millatchilik ko‘pincha vatanparvarlik niqobi ostida namoyon bo‘lib, oxir-oqibat davlatga zarar yetkazadigan faoliyatga aylanishi mumkin.
"Millatchilik radikal shakllarga o‘tadi. Uni vatanparvarlikdan farqlash kerak. Millatchilik ko‘pincha vatanparvarlik niqobi ostida davlatga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatini olib boradi", — dedi Kiselov.
Kiselovning ta’kidlashicha, millatchilik qanday shaklda namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, faqat zarar keltiradi.
"Rossiya segodnya" mediaguruhi va RT bosh muharriri Margarita Simonyan forum ishtirokchilarini qutlab, MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tarixiy va insoniy aloqalarga to‘xtaldi.
"Biz hammamiz bir vaqtlar bir mamlakat bo‘lganmiz. Xudoga shukurki, biz nafaqat yaxshi qo‘shnichilik, balki qarindoshlik munosabatlarini ham saqlab qolmoqdamiz", — dedi u.
Simonyan sun’iy intellektning jurnalistika kelajagiga ta’siri haqida ham fikr bildirdi.
"Sun’iy intellekt bizning kasbimizga nima qilishini va biz unga nima qilishimizni tushunishimiz kerak. Bu kurashda kim g‘alaba qozonadi — bizmi yoki sun’iy intellektmi? Jurnalistlarga ehtiyoj saqlanib qoladimi yoki barchasini raqamli texnologiyalar egallaydimi?" — dedi u.
MDH Sputnik bilan hamkorlikni yuqori baholadi
MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Svetlana Malinina Sputnik agentligini Hamdo‘stlikning muhim strategik hamkori deb atadi.
U Sputnik yaqin xorij mamlakatlarida 13 ta saytga ega ekanini, ular nafaqat rus tilida, balki faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning milliy tillarida ham axborot tarqatishini ta’kidladi.
Malinina ushbu faoliyatni yuqori baholab, Dmitriy Kiselov va Sputnikning yaqin xorijdagi faoliyatiga mas’ul Andrey Blagodirenkoga minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi "Rossiya segodnya" xalqaro multimedia matbuot markazida o‘tayotgan V MDH mediaforumi "O‘zgaruvchan dunyoda medianing rivojlanishi" mavzusiga bag‘ishlangan. Unda OAV iqtisodiyoti, auditoriya e’tiborini jalb qilish, sun’iy intellektdan foydalanish va jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinmoqda.