Norboyeva Koreya prezidenti, parlament spikeri va startaplar markazi rahbari bilan uchrashdi

© Senat Oliy majlisaSostoyalas vstrecha parlamentskoy delegatsii Uzbekistana s prezidentom Respubliki Koreya
Sostoyalas vstrecha parlamentskoy delegatsii Uzbekistana s prezidentom Respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Obuna bo‘lish
Tanzila Norboyeva Koreya prezidenti va parlamenti rahbari bilan uchrashdi. Muzokaralarda investitsiyalar, texnologiyalar va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva 9-noyabr kuni Seulda Koreya Respublikasi prezidenti Li Chje Mon bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda qiymati qariyb 12 mlrd dollar bo‘lgan istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Asosiy yo‘nalishlar orasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, muhim minerallar, transport-logistika va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlik bor.
Shuningdek, ta’lim, tibbiyot, ilm-fan, mutaxassislar tayyorlash, yoshlar almashinuvi hamda Koreyada ishlayotgan va tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Koreyada O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari
10 noyabr kuni Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chon Shik bilan ham muzokara o‘tkazdi.
Cho Chon Shik Toshkent yangi aeroporti va tezurar temir yo‘llar kabi transport infratuzilmasi bo‘yicha hamkorlikni sun’iy intellekt, muhim minerallar va energetika sohalariga ham kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Koreya parlamenti spikeri 2027-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi.
Koreyslar tarixi muzeyi tashkil etilishi mumkin
Muzokaralarda 2027-yilda nishonlanadigan ikki muhim sana — O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligi hamda koreyslarning Markaziy Osiyoga ko‘chirilganining 90-yilligiga ham e’tibor qaratildi.
Li Chje Mon O‘zbekistonda koreyslar tarixi muzeyini tashkil etish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Koreya parlamenti spikerining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda 170 mingga yaqin etnik koreys yashaydi. Norboyeva mazkur tarixiy va madaniy tashabbuslarni parlament darajasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Startaplar va innovatsiyalar
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Seoul Startup Hub Gongdeok startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Kim Chon U bilan ham uchrashdi.
Muzokaralarda Koreya investorlarini O‘zbekiston startaplariga jalb qilish, qo‘shma texnologik loyihalarni rivojlantirish hamda ikki mamlakat startap jamoalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, O‘zbekiston yoshlarining 2027-yilda Koreyada o‘tkaziladigan Try Everything xalqaro startaplar festivalida qatnashishi va koreyalik jamoalarni O‘zbekistondagi Land of Startups tanloviga jalb etish taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida qariyb 12 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilgan, ikki mamlakat o‘rtasida 13 ta kelishuv va memorandum imzolangan edi.

KengaytirishYig‘ishtirish
V Xive sostoyalsya uzbeksko-belorusskiy biznes-forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Xivada O‘zbekiston va Belarus tadbirkorlari yangi qo‘shma loyihalarni kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0