https://oz.sputniknews.uz/20261110/bolalar-zarar-kontent-himoya-61888466.html
Bolalarni zararli kontentdan himoya qilish: Goreslavskiy 2 ta asosiy vazifani aytdi
Bolalarni zararli kontentdan himoya qilish: Goreslavskiy 2 ta asosiy vazifani aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Aleksey Goreslavskiy Toshkentdagi mediaforumda o‘smirlar uchun qiziqarli kontent yaratish, ularni internetdagi zararli ta’sirlardan himoya qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
2026-11-10T10:47+0500
2026-11-10T10:47+0500
2026-11-10T11:03+0500
ijtimoiy tarmoq
bolalar
internet
hamkorlik
rossiya
o‘zbekiston
iii rossiya-o‘zbekiston mediaforumi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0a/61892667_0:0:1536:864_1920x0_80_0_0_4853711332860766830be67ce0f4a77f.png
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston oldida o‘smirlar uchun qiziqarli kontent yaratish hamda bolalarni internetdagi zararli ta’sirlardan himoya qilish kabi ikkita muhim vazifa turibdi. Bu haqda Rossiyaning Internetni rivojlantirish instituti bosh direktori Aleksey Goreslavskiy III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning ta’kidlashicha, birinchi vazifa — o‘smirlar uchun ularning o‘zi qiziqib tomosha qiladigan kontent yaratish.Muhimi, o‘smirlar kontentni kattalarning majburlovi bilan emas, o‘z xohishi bilan tanlashi lozim.Ikkinchi vazifa — bolalarni internetdagi zararli axborotlardan himoya qilish.Goreslavskiyning fikricha, bolalar kontentni mustaqil tanlayotgan, tavsiya algoritmlari esa ularga turli materiallarni taklif etayotgan sharoitda bu vazifa ancha murakkablashadi. Bolaning xavfli axborot muhitiga tushib qolishining oldini olish juda qiyin.Mutaxassis, shuningdek, bolalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish va bu boradagi ilg‘or tajribalardan foydalanish muhimligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261109/vk-bloger-mualliflar-daromad-taklif-61868784.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0a/61892667_138:0:1503:1024_1920x0_80_0_0_d2c6961d4864fe2baa66a08602237b4c.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy tarmoq, bolalar, internet, hamkorlik, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
ijtimoiy tarmoq, bolalar, internet, hamkorlik, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
Bolalarni zararli kontentdan himoya qilish: Goreslavskiy 2 ta asosiy vazifani aytdi
10:47 10.11.2026 (yangilandi: 11:03 10.11.2026) Goreslavskiy o‘smirlarga qiziqarli kontent yaratish va ularni internetdagi zararli ta’sirlardan himoya qilish zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston oldida o‘smirlar uchun qiziqarli kontent yaratish hamda bolalarni internetdagi zararli ta’sirlardan himoya qilish kabi ikkita muhim vazifa turibdi. Bu haqda Rossiyaning Internetni rivojlantirish instituti bosh direktori Aleksey Goreslavskiy III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumi doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, birinchi vazifa — o‘smirlar uchun ularning o‘zi qiziqib tomosha qiladigan kontent yaratish.
Bunday mahsulotlar ota-onalar va farzandlarning birgalikda tomosha qilishi, muhokama yuritishi hamda madaniy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazishiga xizmat qilishi kerak.
Muhimi, o‘smirlar kontentni kattalarning majburlovi bilan emas, o‘z xohishi bilan tanlashi lozim.
Ikkinchi vazifa — bolalarni internetdagi zararli axborotlardan himoya qilish.
Goreslavskiyning fikricha, bolalar kontentni mustaqil tanlayotgan, tavsiya algoritmlari esa ularga turli materiallarni taklif etayotgan sharoitda bu vazifa ancha murakkablashadi. Bolaning xavfli axborot muhitiga tushib qolishining oldini olish juda qiyin.
Mutaxassis, shuningdek, bolalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish va bu boradagi ilg‘or tajribalardan foydalanish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, Rossiya va O‘zbekistonda hamkorlik qilish va eng yaxshi tajribalardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar bor. Bilishimcha, Rossiyada hozircha faqat muhokama qilinayotgan ayrim yechimlar O‘zbekistonda allaqachon mavjud va aksincha", — dedi Goreslavskiy.