https://oz.sputniknews.uz/20261110/aral-sea-qutqarish-jamgarma-loyiha-61884130.html
Orolni qutqarish jamg‘armasi uchun 3,3 mlrd dollarlik 133 ta loyiha tayyorlandi
Orolni qutqarish jamg‘armasi uchun 3,3 mlrd dollarlik 133 ta loyiha tayyorlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga 2027–2029 yillardagi raisligi uchun 133 ta loyiha tayyorlandi. Ularning umumiy qiymati 3,3 mlrd dollar. Dasturda suv tejash, toshqin va qurg‘oqchilikni kuzatish ham bor.
2026-11-10T09:16+0500
2026-11-10T09:16+0500
2026-11-10T10:17+0500
orol dengizi
ekologiya
shavkat mirziyoyev
iqlim o‘zgarishi
suv
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/502/65/5026509_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_30ad340c449ddfe35c9fa8edc6d1b876.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligi davri uchun umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 133 ta loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni mazkur loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. O‘zbekiston 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi.Xususan, quyidagi ishlar rejalashtirilgan:Loyihalarni Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yashil iqlim jamg‘armasi, Global ekologik jamg‘arma hamda boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.Afg‘oniston bilan hamkorlikO‘zbekistonning jamg‘armaga raisligi davrida Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.Shuningdek, jamg‘armaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlash va mintaqaviy suv diplomatiyasini rivojlantirish rejalashtirilgan.Universitetda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, suv tejamkorligi bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hamda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun suv xo‘jaligi yo‘nalishida bakalavriat va magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish belgilangan.Prezident 2027-yildagi ishlar bo‘yicha oyma-oy "yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash, loyihalarga xalqaro ekspertlar va olimlarni jalb etish hamda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirishni topshirdi.Ma’lumot uchun, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi 1993-yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan tashkil etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261108/karakalpakstan-rivojlantirish-qaror-61832787.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/502/65/5026509_268:0:1393:844_1920x0_80_0_0_2f93e77ab37fcaeba6e2a0c43ea86796.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
orol dengizi, ekologiya , shavkat mirziyoyev, iqlim o‘zgarishi, suv, jamiyat
orol dengizi, ekologiya , shavkat mirziyoyev, iqlim o‘zgarishi, suv, jamiyat
Orolni qutqarish jamg‘armasi uchun 3,3 mlrd dollarlik 133 ta loyiha tayyorlandi
09:16 10.11.2026 (yangilandi: 10:17 10.11.2026) O‘zbekistonning Orolni qutqarish jamg‘armasiga 2027–2029 yillardagi raisligi uchun 3,3 mlrd dollarlik 133 ta loyiha tayyorlandi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligi davri uchun umumiy qiymati 3,3 milliard dollarlik 133 ta loyiha ishlab chiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni mazkur loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. O‘zbekiston 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi.
Loyihalar suv resurslarini boshqarish, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohalarini qamrab oladi.
Xususan, quyidagi ishlar rejalashtirilgan:
suv xo‘jaligi inshootlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish;
suv resurslarini taqsimlash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
toshqin va qurg‘oqchilikni prognozlash hamda erta ogohlantirish uchun mintaqaviy raqamli platforma yaratish;
aholining ichimlik suvi va sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
cho‘llanishga qarshi mintaqaviy ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Loyihalarni Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yashil iqlim jamg‘armasi, Global ekologik jamg‘arma hamda boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.
Afg‘oniston bilan hamkorlik
O‘zbekistonning jamg‘armaga raisligi davrida Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, jamg‘armaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlash va mintaqaviy suv diplomatiyasini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti jamg‘arma tashabbuslarining ilmiy-tahliliy platformasiga aylanadi.
Universitetda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, suv tejamkorligi bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish hamda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun suv xo‘jaligi yo‘nalishida bakalavriat va magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Prezident 2027-yildagi ishlar bo‘yicha oyma-oy "yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash, loyihalarga xalqaro ekspertlar va olimlarni jalb etish hamda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirishni topshirdi.
Ma’lumot uchun, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi 1993-yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan tashkil etilgan.