https://oz.sputniknews.uz/20261107/toshkent-isitish-mavsumi-61811947.html
Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 2026−2027 yilgi isitish mavsumi 9-noyabrdan boshlanadi. Dastlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik beriladi. Shu kundan boshlab ko‘p kvartirali turar joy binolarini ham isitish tizimiga ulash ishlari boshlanadi.
2026-11-07T09:18+0500
2026-11-07T09:18+0500
2026-11-07T09:19+0500
jamiyat
toshkent
isitish tizimi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33763514_0:210:3072:1938_1920x0_80_0_0_071aed4ac7f5d63420466f87ecb93963.jpg
TOShKENT, 7noya — Sputnik. Toshkentda 2026−2027 yilgi isitish mavsumi 9-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Dastlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik beriladi. Shu kundan boshlab ko‘p kvartirali turar joy binolarini ham isitish tizimiga ulash ishlari boshlanadi.Issiqlik ta’minoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Isitish uchun to‘lov esa xizmat amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Ulanish sanasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.Xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, aholiga uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Chunki bino ichidagi issiqlik taqsimoti va ichki tizimlarning soz ishlashi boshqaruv tashkiloti mas’uliyatiga kiradi.Issiqlik tarmoqlarida avariya yuzaga kelgan taqdirda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasining 1347 yoki (71) 200−00−56 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shuningdek, @vet_pokazaniya_bot Telegram-boti orqali ham murojaat yuborish mumkin. Bot haftaning barcha kunlari, sutka davomida murojaatlarni qabul qiladi.O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 9-noyabr kuni shimoliy hududlarda, 10−12 noyabr kunlari esa mamlakatning qolgan qismida ob-havo keskin o‘zgaradi. Yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tunda harorat 0…+5 darajagacha, shimolda −2…−7 darajagacha, kunduzi +7…+12 darajagacha pasayadi.
https://oz.sputniknews.uz/20261030/ehtiyojmand-oilalar-moddiy-yordam-61613768.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0b/33763514_366:170:2786:1985_1920x0_80_0_0_2946238ac52f5b4a13f6dacec52ab198.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, isitish tizimi
jamiyat, toshkent, isitish tizimi
Toshkentda isitish mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
09:18 07.11.2026 (yangilandi: 09:19 07.11.2026) Dastlab ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarga issiqlik beriladi. Isitish uchun to‘lov xizmat amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi.
TOShKENT, 7noya — Sputnik. Toshkentda 2026−2027 yilgi isitish mavsumi 9-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Dastlab maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik beriladi. Shu kundan boshlab ko‘p kvartirali turar joy binolarini ham isitish tizimiga ulash ishlari boshlanadi.
Issiqlik ta’minoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Isitish uchun to‘lov esa xizmat amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Ulanish sanasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi.
Xonadonda issiqlik bir maromda taqsimlanmasa, aholiga uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Chunki bino ichidagi issiqlik taqsimoti va ichki tizimlarning soz ishlashi boshqaruv tashkiloti mas’uliyatiga kiradi.
Issiqlik tarmoqlarida avariya yuzaga kelgan taqdirda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasining 1347 yoki (71) 200−00−56 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shuningdek,
@vet_pokazaniya_bot Telegram-boti orqali ham murojaat yuborish mumkin. Bot haftaning barcha kunlari, sutka davomida murojaatlarni qabul qiladi.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 9-noyabr kuni shimoliy hududlarda, 10−12 noyabr kunlari esa mamlakatning qolgan qismida ob-havo keskin o‘zgaradi. Yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tunda harorat 0…+5 darajagacha, shimolda −2…−7 darajagacha, kunduzi +7…+12 darajagacha pasayadi.