https://oz.sputniknews.uz/20261105/xususiy-sektor-tibbiyot-61758590.html
Xususiy sektor tibbiyotga keng jalb etiladi — bepul xizmatlar saqlanadimi
Xususiy sektor tibbiyotga keng jalb etiladi — bepul xizmatlar saqlanadimi
Sputnik O‘zbekiston
2027 yildan davlat shifoxonalari ayrim tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan yangi autsorsing tartibida xarid qiladi. 05.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-05T09:59+0500
2026-11-05T09:59+0500
2026-11-05T10:01+0500
yangi qonun
jamiyat
shifoxona
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54952880_0:66:1247:767_1920x0_80_0_0_70ef62dadb3cef9bae7b8cf0419f6e73.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan xarid qilishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu prezidentning 4-noyabrda qabul qilingan qarorida belgilangan.Hujjatga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan yangi autsorsing mexanizmlari ishga tushiriladi. Yangi tizim quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi:Autsorsing shartnomalari xizmatning xususiyati va xususiy investitsiyalar hajmidan kelib chiqib, besh yilgacha tuziladi. Ayrim hollarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi asosida bu muddat o‘n yilgacha uzaytirilishi mumkin.Shuningdek, autsorsing shartnomasida belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish uchun davlat tibbiyot muassasalarining binolari, inshootlari yoki ayrim xonalari iqtisodiy maqsadga muvofiqlik asosida tekin foydalanishga beriladi.2027 yil 1-aprelga qadar "Tibbiyot autsorsing" elektron axborot tizimi joriy etiladi. Unda shartnomalarning yagona reyestri yuritiladi, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va sifati, to‘lovlar hamda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi nazorat qilinadi.Bunday boshqaruvchilar ochiq raqobatli tanlov asosida tanlanadi. Ularning faoliyati har yili samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Baholash natijalari shartnomani uzaytirish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.Bundan tashqari, 2027-yildan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi har yili 1-noyabrga qadar xususiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan ustuvor tibbiy loyihalar ro‘yxatini rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261027/shifoxonalar-xizmatlar-xususiy-sektor-61519492.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54952880_70:0:1179:832_1920x0_80_0_0_a8716f57e74568075fa3f83aaeed4f8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qonun, jamiyat, shifoxona, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
yangi qonun, jamiyat, shifoxona, tibbiyot muassasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Xususiy sektor tibbiyotga keng jalb etiladi — bepul xizmatlar saqlanadimi
09:59 05.11.2026 (yangilandi: 10:01 05.11.2026) 2027 yildan davlat shifoxonalari ayrim tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan yangi autsorsing tartibida xarid qiladi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan xarid qilishning yangi tartibi joriy etiladi. Bu prezidentning 4-noyabrda qabul qilingan qarorida
belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan yangi autsorsing mexanizmlari ishga tushiriladi.
2030 yilga qadar tibbiyot tashkilotlarida ko‘rsatiladigan klinik va yordamchi xizmatlarni xususiy sektordan xarid qilish hajmini 30 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan.
Yangi tizim quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi:
katta investitsiya talab qilmaydigan, xususiy sektorda raqobat muhiti shakllangan xizmatlar autsorsing asosida xarid qilinadi;
yirik kapital qo‘yilmalar talab etiladigan yangi tibbiyot muassasalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi;
alohida tibbiyot muassasalariga professional boshqaruvchilar jalb qilinadi.
Qarorga ko‘ra, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun zarur muassasalar davlat tasarrufida saqlanadi.
Autsorsing shartnomalari xizmatning xususiyati va xususiy investitsiyalar hajmidan kelib chiqib, besh yilgacha tuziladi. Ayrim hollarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi asosida bu muddat o‘n yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Shuningdek, autsorsing shartnomasida belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish uchun davlat tibbiyot muassasalarining binolari, inshootlari yoki ayrim xonalari iqtisodiy maqsadga muvofiqlik asosida tekin foydalanishga beriladi.
2027 yil 1-aprelga qadar "Tibbiyot autsorsing" elektron axborot tizimi joriy etiladi. Unda shartnomalarning yagona reyestri yuritiladi, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va sifati, to‘lovlar hamda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi nazorat qilinadi.
Qarorda 2030-yilgacha kamida beshta yirik tibbiyot muassasasiga nufuzli xorijiy professional boshqaruv kompaniyalari yoki boshqaruvchilar guruhlarini jalb qilish ham belgilangan.
Bunday boshqaruvchilar ochiq raqobatli tanlov asosida tanlanadi. Ularning faoliyati har yili samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Baholash natijalari shartnomani uzaytirish, qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, 2027-yildan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi har yili 1-noyabrga qadar xususiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan ustuvor tibbiy loyihalar ro‘yxatini rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.