https://oz.sputniknews.uz/20261105/iran-urush-respublikachilar-yutqazish-sabab-61760402.html
Respublikachilar yutqazdi: Tramp bunga Eron bilan urush ham sabab bo‘lganini tan oldi
Respublikachilar yutqazdi: Tramp bunga Eron bilan urush ham sabab bo‘lganini tan oldi
Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp Eron bilan urush respublikachilarning oraliq saylovlardagi mag‘lubiyatiga ta’sir qilganini tan oldi. Prezident buni benzin narxining oshishi bilan izohladi, ammo harbiy qaroridan afsuslanmasligini bildirdi.
2026-11-05T10:44+0500
2026-11-05T10:44+0500
2026-11-05T10:53+0500
donald tramp
aqsh – eron mojarosi
dunyo yangiliklari
saylovlar
jey vens
dunyoda
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60775273_0:0:1080:608_1920x0_80_0_0_8dcb6dcf83fab930e31b2cf64f145162.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush respublikachilarning Kongressga oraliq saylovlardagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u jurnalistning tegishli savoliga javoban ma’lum qildi.Jurnalist Trampga vitse-prezident Jey Di Vensning respublikachilar saylovda Eron bilan urush tufayli mag‘lub bo‘lgani haqidagi fikrini eslatdi.Shu bilan birga, u mag‘lubiyatga urushning o‘zidan ko‘ra, uning oqibatida yoqilg‘i narxining oshishi ta’sir qilganini ta’kidladi.O‘z navbatida AQSh prezidenti Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlash haqidagi qaroridan afsuslanmasligini bildirdi.Jurnalistlar Eron bilan urush Senatdagi ko‘pchilikni yo‘qotishga arziydimi, deb so‘raganida ham Tramp ijobiy javob berdi.Avvalroq Vens respublikachilarning mag‘lubiyatiga asosiy sabab Eron bilan urush bo‘lganini aytgan edi.Vensning ta’kidlashicha, 2024-yilda Trampni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning bir qismi 2026-yilda demokratlarga ovoz bergan. U bunga urushni tugatish, yashash xarajatlarini kamaytirish va inflyatsiyani jilovlash borasidagi talablar ham ta’sir qilganini bildirdi.Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda demokratlar Kongressning har ikki palatasi — Senat va Vakillar palatasida ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi.Tramp esa demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, ular o‘zi ma’qullamagan qonunlarni qabul qilsa, veto huquqidan foydalanishini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261104/usa-demokratlar-senat-saylov-galaba-61727224.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60775273_135:0:946:608_1920x0_80_0_0_e15a9fb5dfe86ccbc1978d52ff2cbee7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donald tramp, aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, saylovlar, jey vens, dunyoda, eron
donald tramp, aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, saylovlar, jey vens, dunyoda, eron
Respublikachilar yutqazdi: Tramp bunga Eron bilan urush ham sabab bo‘lganini tan oldi
10:44 05.11.2026 (yangilandi: 10:53 05.11.2026) Tramp Eron bilan urush sabab benzin qimmatlashgani partiyasining oraliq saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga ta’sir etganini tan oldi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush respublikachilarning Kongressga oraliq saylovlardagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u jurnalistning tegishli savoliga javoban
ma’lum qildi.
Jurnalist Trampga vitse-prezident Jey Di Vensning respublikachilar saylovda Eron bilan urush tufayli mag‘lub bo‘lgani haqidagi fikrini eslatdi.
"Menimcha, bu ko‘p jihatdan to‘g‘ri, chunki urush qisqa muddatda benzin narxining biroz oshishiga olib keldi", — dedi Tramp.
Shu bilan birga, u mag‘lubiyatga urushning o‘zidan ko‘ra, uning oqibatida yoqilg‘i narxining oshishi ta’sir qilganini ta’kidladi.
O‘z navbatida AQSh prezidenti Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlash haqidagi qaroridan afsuslanmasligini bildirdi.
"Agar yana shunday qaror qabul qilishimga to‘g‘ri kelsa, yana shunday qilgan bo‘lardim. Chunki uzoq muddatli istiqbolda yagona yo‘l shu. Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", — dedi u.
Jurnalistlar Eron bilan urush Senatdagi ko‘pchilikni yo‘qotishga arziydimi, deb so‘raganida ham Tramp ijobiy javob berdi.
Avvalroq Vens respublikachilarning mag‘lubiyatiga asosiy sabab Eron bilan urush bo‘lganini aytgan edi.
"Mag‘lubiyatimiz sababi — urush. Buni kecha prezidentning o‘zi ham aytdi", — deb yozdi vitse-prezident X ijtimoiy tarmog‘ida.
Vensning ta’kidlashicha, 2024-yilda Trampni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning bir qismi 2026-yilda demokratlarga ovoz bergan. U bunga urushni tugatish, yashash xarajatlarini kamaytirish va inflyatsiyani jilovlash borasidagi talablar ham ta’sir qilganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda demokratlar Kongressning har ikki palatasi — Senat va Vakillar palatasida ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi.
Tramp esa demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, ular o‘zi ma’qullamagan qonunlarni qabul qilsa, veto huquqidan foydalanishini ta’kidladi.