Samarqandda 250 dan ziyod rossiyalik shifokor kam uchraydigan kasalliklarni muhokama qildi

© SputnikBolee 250 medikov iz Rossii prinyali uchastie v forume "Sodrujestvo bez granis" v Samarkande
Bolee 250 medikov iz Rossii prinyali uchastie v forume Sodrujestvo bez granis v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
Samarqandda 250 nafardan ortiq rossiyalik tibbiyot xodimi irsiy va kam uchraydigan kasalliklarga bag‘ishlangan forumda qatnashdi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tgan V Xalqaro "Chegarasiz hamdo‘stlik" forumida 250 nafardan ortiq rossiyalik tibbiyot xodimi ishtirok etdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
29–30 oktabr kunlari o‘tkazilgan anjuman irsiy va kam uchraydigan (orfan) kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash hamda davolashning zamonaviy usullariga bag‘ishlandi.
Rossiyalik mutaxassislarning aksariyati ilmiy ma’ruzalar taqdim etdi. Forum dasturidan 55 ta ilmiy sessiya va bevosita bemorlar ishtirokidagi 20 ta amaliy mahorat darsi o‘rin oldi.
Ishtirokchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda irsiy kasalliklarni erta aniqlash, genetik tahlillar, zamonaviy davolash usullari hamda kam uchraydigan kasalliklarga chalingan bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
Forum pediatriya, oftalmologiya, kardiologiya, travmatologiya-ortopediya va tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan sho‘balarda davom etdi. Amaliy mashg‘ulotlarda murakkab klinik holatlar, genetik tahlil natijalarini talqin qilish va tashxis qo‘yish usullari o‘rganildi.
Ma’ruzachilar orasida Rossiya Fanlar akademiyasi akademiklari Vladimir Starodubov, Aleksandr Rumansev va Sergey Kutsev, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Tamara Aripova bor edi.
Anjumanda O‘zbekiston va Rossiyadan tashqari Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan olimlar va shifokorlar ham ishtirok etdi.
Forum Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazildi. Uning ilmiy tashkilotchilari qatorida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi va Immunologiya hamda inson genomikasi instituti ham bor.
Studenti RUDN nedelyu izuchali rabotu vrachey v Buxare  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Rossiyalik tibbiyot talabalari bir hafta davomida Buxoroda shifokorlar ishini o‘rgandi
Yangiliklar lentasi
0