"Poytaxt Parking" nomidan "qarzdorlik" haqida soxta SMSlar tarqatilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Obuna bo‘lish
Kompaniya haydovchilarni shubhali havolalarni ochmaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. "Poytaxt Parking" nomidan pullik avtoturargoh uchun qarzdorlik mavjudligi haqida soxta SMS-xabarlar tarqatilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, xabarlarda avtoturargoh uchun to‘lov amalga oshirilmagani aytilib, "qarzdorlik"ni to‘lash uchun maxsus havolaga o‘tish taklif qilinadi.

"Poytaxt Parking" bunday SMS-xabarlarni yubormasligini ta’kidladi.

© Press-slujba Poytaxt ParkingFeyk rassilka SMS ot imeni Poytaxt Parking
Feyk rassilka SMS ot imeni Poytaxt Parking - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
Feyk rassilka SMS ot imeni Poytaxt Parking
Kompaniya haydovchilarga quyidagi tavsiyalarni berdi:
shubhali havolalarni ochmaslik;
bank kartasi ma’lumotlari va avtomobil davlat raqamini kiritmaslik;
soxta xabarlarni o‘chirib tashlash;
agar karta ma’lumotlari kiritilgan bo‘lsa, darhol bankka murojaat qilib, kartani bloklash.
Shuningdek, pullik avtoturargoh uchun to‘lov holatini faqat "Poytaxt Parking" mobil ilovasi orqali tekshirish mumkinligi eslatildi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 78 113 67 00 telefon raqami yoki Telegram tarmog‘idagi @PoytaxtParkingsupportbot botiga murojaat qilish mumkin.
Zdanie xokimiyata Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Toshkent hokimligi hokim nomidan foydalanayotgan firibgarlardan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0