https://oz.sputniknews.uz/20261102/kazakhstan-davlat-tontarish-gumon-61680417.html
Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik gumoni bilan 10 kishi qo‘lga olindi
Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik gumoni bilan 10 kishi qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 10 kishi qo‘lga olindi. Ulardan qurol va giyohvandlik vositalari topildi, bolalar uchun ochilgan uchta yashirin o‘quv markazi faoliyati to‘xtatildi.
2026-11-02T16:27+0500
2026-11-02T16:27+0500
2026-11-02T16:32+0500
ekstremizm
davlat to‘ntarish
qozog‘iston
markaziy osiyo
jinoyatchilik
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/02/61679979_0:131:576:455_1920x0_80_0_0_5b95c9f3894a2dd447cc53ff6c811ea8.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau shahrida konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirishni maqsad qilganlikda gumon qilingan ekstremistik guruhning 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, maxsus operatsiya 30-oktabr kuni prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Barcha gumonlanuvchilar bir vaqtning o‘zida ushlangan.Ular ekstremistik guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va faoliyatida ishtirok etish, shuningdek, terrorizmni targ‘ib qilish hamda diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.Gumonlanuvchilarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida o‘qotar qurollar, giyohvandlik vositalari, diniy ashyolar, adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.Bolalar uchun uchta yashirin o‘quv markazi aniqlandiMilliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, guruh a’zolari bolalar va o‘smirlar uchun uchta yashirin o‘quv markazini ham tashkil etgan. Maxsus operatsiya davomida ularning faoliyati to‘xtatilgan.Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv emas, sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260609/mdh-58229036.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/02/61679979_0:21:577:453_1920x0_80_0_0_854910c8637e739bc05ca616c3c629a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekstremizm, davlat to‘ntarish, qozog‘iston, markaziy osiyo, jinoyatchilik, xavfsizlik
ekstremizm, davlat to‘ntarish, qozog‘iston, markaziy osiyo, jinoyatchilik, xavfsizlik
Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik gumoni bilan 10 kishi qo‘lga olindi
16:27 02.11.2026 (yangilandi: 16:32 02.11.2026) Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari bolalar va o‘smirlar uchun uchta yashirin o‘quv markazini ham tashkil etgan.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Atirau shahrida konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirishni maqsad qilganlikda gumon qilingan ekstremistik guruhning 10 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, maxsus operatsiya 30-oktabr kuni prokuratura organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Barcha gumonlanuvchilar bir vaqtning o‘zida ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruh a’zolari Qozog‘istonning g‘arbiy hududida konstitutsiyaviy tuzum asoslarini zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zgartirishni maqsad qilgan.
Ular ekstremistik guruh tuzish, unga rahbarlik qilish va faoliyatida ishtirok etish, shuningdek, terrorizmni targ‘ib qilish hamda diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.
Gumonlanuvchilarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida o‘qotar qurollar, giyohvandlik vositalari, diniy ashyolar, adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.
Bolalar uchun uchta yashirin o‘quv markazi aniqlandi
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, guruh a’zolari bolalar va o‘smirlar uchun uchta yashirin o‘quv markazini ham tashkil etgan. Maxsus operatsiya davomida ularning faoliyati to‘xtatilgan.
Shuningdek, qo‘lga olinganlarning ayrimlari ilgari terrorchilik va umumjinoiy qilmishlar uchun sudlangani ma’lum qilindi.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv emas, sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.