Futbol: Rossiya termasi murabbiylari o‘yin oldidan O‘zbekiston jamoasiga baho berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGlavniy trener sbornoy Rossii po futbolu Valeriy Karpin i trener Nikolay Pisarev
Glavniy trener sbornoy Rossii po futbolu Valeriy Karpin i trener Nikolay Pisarev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2026
Obuna bo‘lish
12 noyabr kuni Toshkentda o‘tadigan o‘yin oldidan Rossiya termasi murabbiylari O‘zbekiston futbolchilarining imkoniyatlarini yuqori baholadi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiya futbol terma jamoasi murabbiylari 12-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan raqibning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Rossiya termasi bosh murabbiyi yordamchisi Nikolay Pisarev RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistonning jahon chempionatida ishtirok etganini alohida ta’kidladi.

“Raqiblar — super! RFSga rahmat, bu juda ajoyib ish bo‘ldi. O‘zbekiston — jahon chempionati ishtirokchisi. Raqib o‘yinga optimal tarkibda kelishini, biz esa o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimizni istardim”, — dedi Pisarev.

Avvalroq Rossiya termasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham O‘zbekiston va Venesuela jamoalarini kuchli raqiblar sifatida baholagandi.
“Juda yaxshi raqiblar. Yig‘in davomida ularning kuchli tomonlarini o‘rganamiz. Tayyorgarlik odatdagidek o‘tadi”, — degan edi Karpin.
O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bu jamoalarning ikkinchi o‘zaro uchrashuvi bo‘ladi. Ilk o‘yin 2022-yil 20-noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan.
Rossiya termasi 17-noyabr kuni Krasnodarda Venesuelaga qarshi ham maydonga tushadi.
Igroki sbornoy Rossii po futbolu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Futbol: Karpin O‘zbekiston — Rossiya o‘yiniga eng yaxshi to‘purarni chaqirmadi
Yangiliklar lentasi
0