https://oz.sputniknews.uz/20261029/russia-61602555.html
OAV: Ukraina Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi
OAV: Ukraina Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi
Sputnik O‘zbekiston
Financial Times Zelenskiyning Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga yo‘l qo‘yganini pozitsiyasidagi o‘zgarish deb baholadi. Avvalroq u hududiy masalani ham muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.
2026-10-29T17:43+0500
2026-10-29T17:43+0500
2026-10-29T17:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1d/61599703_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_7bdf6e07c868de566e933d97d2db2271.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy ilk bor Rossiyaning xavfsizlik kafolatlariga oid talablarini kelgusidagi tinchlik kelishuvi doirasida muhokama qilish imkoniyatini istisno etmadi. Bu haqda "Financial Times" gazetasi ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Nashr buni AQShning Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlari fonida Ukraina pozitsiyasidagi sezilarli o‘zgarish deb baholadi.Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi talablarini kelgusida ko‘rib chiqishi mumkin.Uning fikricha, Rossiya talab qilayotgan kafolatlar faqat Ukraina bilan munosabatlarga emas, balki Yevropadagi va jahondagi xavfsizlik tizimiga ham taalluqli.Zelenskiy AQSh vositachiligida Moskva bilan umumiy masalalarni muhokama qilish mumkinligini, biroq Yevropa xavfsizligiga daxldor kafolatlar bo‘yicha muzokaralarda Yevropa davlatlari ham qatnashishi kerakligini bildirdi.Rossiya qanday xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda?Moskva Ukrainadagi mojaroni hal etishning asosiy shartlaridan biri sifatida Rossiya xavfsizligini ta’minlaydigan yuridik jihatdan majburiy kafolatlarni ko‘rsatib kelmoqda.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aprel oyida Rossiya xavfsizligi kafolatlanmas ekan, Ukrainadagi mojaroni hal etib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda, biroq Rossiya uchun shunday kafolatlar zarurligini tilga olmayapti.Eslatib o‘tamiz, hududiy masalada qat’iy pozitsiyada bo‘lib kelgan Zelenskiy 26-oktabrda uni faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20261026/zelenskyy-hudud-masala-putin-muhokama-61504091.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1d/61599703_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2482732b8049d68de971771f441ed7f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya
OAV: Ukraina Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi
Avval Rossiyaning xavfsizlikka oid talablariga qat’iy qarshi chiqqan Zelenskiy endi ularni muhokama qilish mumkinligini aytdi. U hududiy masala bo‘yicha ham muzokaraga tayyorligini bildirgan.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy ilk bor Rossiyaning xavfsizlik kafolatlariga oid talablarini kelgusidagi tinchlik kelishuvi doirasida muhokama qilish imkoniyatini istisno etmadi. Bu haqda "Financial Times" gazetasi ma’lum qildi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
Nashr buni AQShning Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlari fonida Ukraina pozitsiyasidagi sezilarli o‘zgarish deb baholadi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi talablarini kelgusida ko‘rib chiqishi mumkin.
“Avvalo, bu urush masalasini hal qilishimiz, shundan keyingina Rossiya o‘zining xavfsizlik borasidagi qarashlari va kutilmalaridan kelib chiqib ko‘tarayotgan savollarga javob izlashimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.
Uning fikricha, Rossiya talab qilayotgan kafolatlar faqat Ukraina bilan munosabatlarga emas, balki Yevropadagi va jahondagi xavfsizlik tizimiga ham taalluqli.
Zelenskiy AQSh vositachiligida Moskva bilan umumiy masalalarni muhokama qilish mumkinligini, biroq Yevropa xavfsizligiga daxldor kafolatlar bo‘yicha muzokaralarda Yevropa davlatlari ham qatnashishi kerakligini bildirdi.
Rossiya qanday xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda?
Moskva Ukrainadagi mojaroni hal etishning asosiy shartlaridan biri sifatida Rossiya xavfsizligini ta’minlaydigan yuridik jihatdan majburiy kafolatlarni ko‘rsatib kelmoqda.
Rossiya tomoni ilgari bildirgan talablar qatorida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lmasligi, uning hududida xorijiy qo‘shinlar joylashtirilmasligi hamda mamlakat Rossiya uchun harbiy tahdidga aylanmasligiga doir kafolatlar bor.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aprel oyida Rossiya xavfsizligi kafolatlanmas ekan, Ukrainadagi mojaroni hal etib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda, biroq Rossiya uchun shunday kafolatlar zarurligini tilga olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, hududiy masalada qat’iy pozitsiyada bo‘lib kelgan Zelenskiy 26-oktabrda uni faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan edi.