https://oz.sputniknews.uz/20261028/uzbekistan-tibbiyot-loyiha-61571456.html
O‘zbekistonda 2,7 mlrd dollarlik 35 ta tibbiyot loyihasi: qayerda nima quriladi?
O‘zbekistonda 2,7 mlrd dollarlik 35 ta tibbiyot loyihasi: qayerda nima quriladi?
Sputnik O‘zbekiston
Milliy onkologiya va nevrologiya markazlari, Samarqandda 800 o‘rinli shifoxona va Nukusda onalar va bolalar markazi qurilishi rejalashtirilgan. Qo‘shimcha 1 mlrd dollarlik 9 ta loyiha taklif qilingan.
2026-10-28T18:46+0500
2026-10-28T18:46+0500
2026-10-28T18:46+0500
shavkat mirziyoyev
shifoxona
shifokor
jamiyat
qurilish
kasallik
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61571286_0:98:1900:1167_1920x0_80_0_0_5661dace112d7f13f36eb6505c3e21ef.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida umumiy qiymati 2,7 mlrd dollar bo‘lgan 35 ta investitsiya loyihasidan iborat portfel shakllantirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.Loyihalar doirasida yangi ixtisoslashgan markazlar va ko‘p tarmoqli shifoxonalar qurish, mavjud tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlash hamda kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.Xususan, quyidagi tibbiyot muassasalarini barpo etish rejalashtirilmoqda:Shuningdek, Termiz shahrida tibbiy ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan.Ular nevrologiya va insult, ruhiy salomatlik va narkologiya xizmatlari, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi infratuzilmasini rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish hamda tez tibbiy yordam avtoparkini yangilashni qamrab oladi.Taqdimotda tibbiyotga investitsiya jalb qilishni sohaning yagona master-rejasi bilan bog‘lash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Shu asosda 2040-yilgacha mo‘ljallangan investitsiya strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi.Unga ko‘ra, avvalo, amaldagi loyihalar xatlovdan o‘tkazilib, ularning dolzarbligi va amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Keyin hududlar aholisining ehtiyojlariga mos loyihalar tanlanib, yagona investitsiya portfeli shakllantiriladi.Tibbiyot muassasalari faoliyatiga xususiy sektorni kengroq jalb qilish ham rejalashtirilgan. 2027-yildan davlat tibbiyot muassasalari ayrim tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy tashkilotlardan xarid qilishi mumkin bo‘ladi.Shuningdek, 2030-yilgacha beshta yirik tibbiyot muassasasida professional boshqaruvni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261027/shifoxonalar-xizmatlar-xususiy-sektor-61519492.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61571286_107:0:1794:1265_1920x0_80_0_0_683a0665656eba5bdb1c62a52a447732.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, shifoxona, shifokor, jamiyat, qurilish, kasallik, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, shifoxona, shifokor, jamiyat, qurilish, kasallik, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 2,7 mlrd dollarlik 35 ta tibbiyot loyihasi: qayerda nima quriladi?
O‘zbekistonda 2,7 mlrd dollarlik 35 ta tibbiyot loyihasi shakllantirilgan. Yangi markazlar va shifoxonalar qurish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida umumiy qiymati 2,7 mlrd dollar bo‘lgan 35 ta investitsiya loyihasidan iborat portfel shakllantirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda
ma’lum qilindi.
Loyihalar doirasida yangi ixtisoslashgan markazlar va ko‘p tarmoqli shifoxonalar qurish, mavjud tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlash hamda kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Xususan, quyidagi tibbiyot muassasalarini barpo etish rejalashtirilmoqda:
Milliy onkologiya markazi;
Respublika nevrologiya va insult markazi;
Toshkent viloyatida kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi;
Qashqadaryo viloyatida yangi shifoxonalar;
Nukus shahrida onalar va bolalar markazi;
Samarqand shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida 800 o‘rinli shifoxona;
Buxoro viloyatida ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasasi.
Shuningdek, Termiz shahrida tibbiy ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, umumiy qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan yana 9 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha takliflar shakllantirilgan.
Ular nevrologiya va insult, ruhiy salomatlik va narkologiya xizmatlari, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi infratuzilmasini rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish hamda tez tibbiy yordam avtoparkini yangilashni qamrab oladi.
Taqdimotda tibbiyotga investitsiya jalb qilishni sohaning yagona master-rejasi bilan bog‘lash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Shu asosda 2040-yilgacha mo‘ljallangan investitsiya strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi.
Unga ko‘ra, avvalo, amaldagi loyihalar xatlovdan o‘tkazilib, ularning dolzarbligi va amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Keyin hududlar aholisining ehtiyojlariga mos loyihalar tanlanib, yagona investitsiya portfeli shakllantiriladi.
Tibbiyot muassasalari faoliyatiga xususiy sektorni kengroq jalb qilish ham rejalashtirilgan. 2027-yildan davlat tibbiyot muassasalari ayrim tibbiy va yordamchi xizmatlarni xususiy tashkilotlardan xarid qilishi mumkin bo‘ladi.
2030 yilga borib xizmatlar xaridida autsorsing ulushini 30 foizga yetkazish maqsad qilingan. Jarayonning shaffofligini ta’minlash uchun “Tibbiyot autsorsingi” elektron tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, 2030-yilgacha beshta yirik tibbiyot muassasasida professional boshqaruvni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.