https://oz.sputniknews.uz/20261028/suv-ombor-turizm-imtiyoz-61558753.html
Suv omborlari atrofida turizmga imtiyoz berildi: soliqlar ikki baravar kamayadi
Suv omborlari atrofida turizmga imtiyoz berildi: soliqlar ikki baravar kamayadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda suv omborlari atrofida turizm tashkil etgan tadbirkorlar 2029-yil oktabrgacha yer va mol-mulk soliqlarining yarmini to‘laydi. Yana 25 ta suv omborida turizmni rivojlantirish imkoniyati bor. Xavfsizlik talablari ham belgilandi
2026-10-28T12:58+0500
2026-10-28T12:58+0500
2026-10-28T13:11+0500
suv
ekologiya
yangi qonun
imtiyoz
soliq
jamiyat
o‘zbekiston
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55085264_0:30:1135:668_1920x0_80_0_0_12c28885a47c9768bd7e311165601f07.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonda suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etgan tadbirkorlarga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. Bu prezidentning 27-oktabrda imzolangan tegishli qarorida belgilangan.Hujjatga ko‘ra, 2029-yil 1-oktabrga qadar mazkur sohada faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk soliqlari belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida qo‘llanadi.Yana 25 ta suv omborida turizm rivojlantirilishi mumkinAvvalroq prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi 56 ta suv omborining hozircha faqat beshtasida turizm xizmatlari tashkil etilgan. Yana 25 ta suv omborida bu sohani rivojlantirish imkoniyati mavjud.Mazkur hududlarda turizmni kengaytirish orqali investitsiyalar jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.Biroq turizm obyektlarini tashkil etishda xavfsizlik va ekologiya talablariga rioya qilish majburiy bo‘ladi.Xususan, tadbirkorlar dam oluvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun obyektlarni tegishli vositalar bilan jihozlashi, mustaqil qutqaruv xizmatini tashkil etishi yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan shartnoma tuzishi shart.Ekologik talablarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Turizm obyektlari ichki kanalizatsiya tarmoqlari va mahalliy oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan ta’minlanishi, oqova suvlarni suv omborlariga tashlashga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
https://oz.sputniknews.uz/20261005/ozbekiston-gorlar-60969487.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55085264_61:0:1069:756_1920x0_80_0_0_0d02a04aa6677ec9dfce01f8e4c518b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv, ekologiya , yangi qonun, imtiyoz, soliq, jamiyat, o‘zbekiston, turizm
suv, ekologiya , yangi qonun, imtiyoz, soliq, jamiyat, o‘zbekiston, turizm
Suv omborlari atrofida turizmga imtiyoz berildi: soliqlar ikki baravar kamayadi
12:58 28.10.2026 (yangilandi: 13:11 28.10.2026) O‘zbekistonda yana 25 ta suv omborida turizmni rivojlantirish imkoniyati bor. Sohadagi tadbirkorlarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonda suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etgan tadbirkorlarga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. Bu prezidentning 27-oktabrda imzolangan tegishli qarorida
belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2029-yil 1-oktabrga qadar mazkur sohada faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk soliqlari belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida qo‘llanadi.
Shuningdek, tadbirkorlarga suvda foydalanish uchun mo‘ljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va xavfsizlik anjomlari hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kunga kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
Yana 25 ta suv omborida turizm rivojlantirilishi mumkin
Avvalroq prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi 56 ta suv omborining hozircha faqat beshtasida turizm xizmatlari tashkil etilgan. Yana 25 ta suv omborida bu sohani rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Mazkur hududlarda turizmni kengaytirish orqali investitsiyalar jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda.
Biroq turizm obyektlarini tashkil etishda xavfsizlik va ekologiya talablariga rioya qilish majburiy bo‘ladi.
Xususan, tadbirkorlar dam oluvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun obyektlarni tegishli vositalar bilan jihozlashi, mustaqil qutqaruv xizmatini tashkil etishi yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan shartnoma tuzishi shart.
Shuningdek, kichik hajmli kemalar va ular turadigan inshootlardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya qilinishi kerak.
Ekologik talablarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Turizm obyektlari ichki kanalizatsiya tarmoqlari va mahalliy oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan ta’minlanishi, oqova suvlarni suv omborlariga tashlashga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.