FIFA U-15 jahon chempionati: O‘zbekiston Gvatemalani yengib, B divizioni 1/8 finaliga chiqdi

© UFA - Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana vishla v 1/8 finala diviziona B v ChM U-15
Sbornaya Uzbekistana vishla v 1/8 finala diviziona B v ChM U-15 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Gvatemalani 4:1 hisobida yengib, JChning B divizionida 1/8 finalga chiqdi. Bu oltinchi o‘yindagi beshinchi g‘alaba.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan FIFA U-15 jahon chempionati va festivalida O‘zbekiston terma jamoasi Gvatemalani 4:1 hisobida mag‘lub etib, B divizionining 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Bu O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining musobaqadagi oltinchi o‘yinda qo‘lga kiritgan beshinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Avvalroq Pavel Solomin boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida Bagama orollarini 6:1, Qozog‘istonni 2:0, Guamni 6:0 va Myanmani 4:0 hisobida mag‘lub etgan, faqat Ganaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan W guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, B divizioniga yo‘l olgan.
28 oktabrdagi Gvatemalaga qarshi g‘alabadan so‘ng jamoaning musobaqada urgan gollari soni 23 taga yetdi. Darvozasidan esa 6 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Rossiya barcha guruh o‘yinlarida g‘alaba qozondi
Rossiya U-15 terma jamoasi ham guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Denis Pervushin boshchiligidagi jamoa beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, AE guruhida 15 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Rossiya Sudanni 12:0, Syerra-Leoneni 7:0, Jibutini 13:0, Afg‘onistonni 8:0 va Turkiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Rossiya futbolchilari beshta o‘yinda 44 ta gol urib, faqat bitta to‘p o‘tkazib yubordi.
Jamoa chempionlik uchun kurash olib boriladigan A divizioniga yo‘l oldi. 28-oktabrdagi 1/16 finalda uning raqibi Meksika terma jamoasi bo‘ldi.
E’tiborlisi, mazkur musobaqa Rossiya o‘smirlar terma jamoasining 2022-yildan buyon FIFA shafeligidagi birinchi rasmiy turniri hisoblanadi. Rossiya unda o‘z davlat bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etmoqda.
189 ta jamoa ishtirok etayotgan g‘ayrioddiy chempionat
FIFA tarixida birinchi marta o‘tkazilayotgan U-15 jahon chempionati va festivalida 189 ta mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda.
Musobaqa odatiy futboldan farq qiladi. Maydonda har bir jamoadan 8 nafar futbolchi harakat qiladi. Uchrashuvlar 20 daqiqalik ikkita bo‘limdan iborat bo‘lib, maydon o‘lchami 68×47 metrni tashkil etadi.
Guruh bosqichidan keyin jamoalar natijalariga qarab A, B, C, D, E va F divizionlariga ajratilgan. Har bir divizionda alohida g‘olib aniqlanadi. Biroq faqat A divizioni g‘olibi turnirning mutlaq chempioni hisoblanadi.
Musobaqaning yana bir o‘ziga xos jihati — barcha ishtirokchilar oxirgi kungacha o‘yinlarda qatnashadi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham tegishli o‘rinlar uchun bahslarni davom ettiradi.
Chempionat 30-oktabr kuni yakunlanadi. Hal qiluvchi uchrashuvlar Bokudagi Crystal Hall majmuasida o‘tkaziladi.
Igroki sbornoy Rossii po futbolu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Futbol: Karpin O‘zbekiston — Rossiya o‘yiniga eng yaxshi to‘purarni chaqirmadi
Yangiliklar lentasi
0