https://oz.sputniknews.uz/20261028/belarus-tashkent-viloyat-loyiha-61563584.html
Yettita ferma: Toshkent viloyati Belarusda yangi yirik loyihani ishga tushirdi
Yettita ferma: Toshkent viloyati Belarusda yangi yirik loyihani ishga tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning Belarusga tashrifi davomida $55 mlnlik qo‘shma loyihalar va 10 ming bosh qoramollik majmua muhokama qilindi. Pinskdagi biznes-forumda qariyb 100 nafar tadbirkor qatnashdi.
2026-10-28T15:14+0500
2026-10-28T15:14+0500
2026-10-28T15:38+0500
tashrif
go‘sht
zoyir mirzayev
belarus
o‘zbekiston
investitsiya
qishloq xo‘jaligi
iqtisod
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61563402_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_7cc7d8029bf7ca5af502d2ff319e9a72.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Belarusning Minsk viloyati Bobrik qishlog‘ida Toshkent viloyati tadbirkorlari sarmoyasi asosida tashkil etilgan "Maraqand Meat" chorvachilik majmuasi ochildi. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Korxona tasarrufida 14 ming gektar yer maydoni va yettita chorvachilik majmuasi mavjud. Hozirgacha loyihaga 25 mln dollar investitsiya kiritilgan.Mazkur loyiha Toshkent viloyati va Belarus o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslardan biridir.Zoir Mirzayevning Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuvida ham ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvda ta’kidlanishicha, ayni paytda Toshkent viloyati va Belarus ishtirokida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning umumiy qiymati qariyb 55 mln dollarni tashkil etadi.Ular orasida O‘zbekistonda kabel mahsulotlari ishlab chiqarish, misni qayta ishlash va parrandachilik sohasidagi loyihalar bor.Uchrashuvda Belarus Respublika Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik tomonlar kartoshka va qand lavlagi yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni ham muhokama qilganini bildirdi.Shuningdek, O‘zbekistonda yangi farmatsevtika zavodi qurish, Belarusda esa sanatoriy-sog‘lomlashtirish markazi va yog‘ochni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqilmoqda.Brestda biznes-forum o‘tkazildiTashrif doirasida 27-oktabr kuni Brest viloyatining Pinsk shahrida ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.Tomonlar yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika hamda meva-sabzavot yetkazib berish sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.Toshkent viloyati sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi loyiha ofisi rahbari Dilshod Rasulov Belarus bilan qo‘shma logistika markazini tashkil etish ham istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20261026/nurafshon-maz-ishlab-chiqarilish-61504857.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1c/61563402_48:26:973:720_1920x0_80_0_0_298715a03f05cf581b34c3225604cba3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashrif, go‘sht, zoyir mirzayev, belarus, o‘zbekiston, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, iqtisod, toshkent viloyati
tashrif, go‘sht, zoyir mirzayev, belarus, o‘zbekiston, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, iqtisod, toshkent viloyati
Yettita ferma: Toshkent viloyati Belarusda yangi yirik loyihani ishga tushirdi
15:14 28.10.2026 (yangilandi: 15:38 28.10.2026) Toshkent viloyati va Belarus o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar hajmi 55 mln dollarga yetgan. Belarusda 10 ming bosh qoramollik majmua qurilishi ham boshlandi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Belarusning Minsk viloyati Bobrik qishlog‘ida Toshkent viloyati tadbirkorlari sarmoyasi asosida tashkil etilgan "Maraqand Meat" chorvachilik majmuasi ochildi. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati.
Korxona tasarrufida 14 ming gektar yer maydoni va yettita chorvachilik majmuasi mavjud. Hozirgacha loyihaga 25 mln dollar investitsiya kiritilgan.
Ayni paytda majmualarda 4,5 ming bosh qoramol parvarishlanmoqda. Ularning sonini 2027-yil yanvariga qadar 6 mingtaga, may oyigacha esa 10 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Korxona qariyb 70 ta maxsus texnikaga ham ega.
Mazkur loyiha Toshkent viloyati va Belarus o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslardan biridir.
Zoir Mirzayevning Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuvida ham ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta’kidlanishicha, ayni paytda Toshkent viloyati va Belarus ishtirokida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning umumiy qiymati qariyb 55 mln dollarni tashkil etadi.
BelTA agentligining xabar berishicha, hozirda Toshkent viloyati va Belarus ishtirokida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning umumiy qiymati qariyb 55 mln dollarni tashkil etadi.
Ular orasida O‘zbekistonda kabel mahsulotlari ishlab chiqarish, misni qayta ishlash va parrandachilik sohasidagi loyihalar bor.
Uchrashuvda Belarus Respublika Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Aleynik tomonlar kartoshka va qand lavlagi yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni ham muhokama qilganini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda yangi farmatsevtika zavodi qurish, Belarusda esa sanatoriy-sog‘lomlashtirish markazi va yog‘ochni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqilmoqda.
Brestda biznes-forum o‘tkazildi
Tashrif doirasida 27-oktabr kuni Brest viloyatining Pinsk shahrida ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Unda qariyb 100 nafar ishbilarmon, jumladan, Toshkent viloyatidan 30 nafardan ortiq tadbirkor qatnashdi.
Tomonlar yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika hamda meva-sabzavot yetkazib berish sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
Toshkent viloyati sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi loyiha ofisi rahbari Dilshod Rasulov Belarus bilan qo‘shma logistika markazini tashkil etish ham istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.