Kiselov Afrikada Sputnik agentligining to‘rtinchi markazi ochilishini e’lon qildi
Kiselov Afrikada Sputnik agentligining to‘rtinchi markazi ochilishini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Kiselov Sputnik agentligi Burkina-Fasoda to‘rtinchi tahririyat markazini ochishini e’lon qildi. Agentlik Afrikada olti tilda ishlaydi, ijtimoiy tarmoqlardagi yillik ko‘rishlar soni 554 millionga yetgan.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi Burkina-Fasoda yangi tahririyat markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu Afrika qit’asidagi to‘rtinchi markaz bo‘ladi. Bu haqda "Rossiya segodnya" media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov ma’lum qildi.U bu haqda 28-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya–Afrika mediaforumida so‘z yuritdi. Tadbir RT tomonidan Sputnik va TASS ishtirokida tashkil etilgan.Kiselovning aytishicha, hozirda Sputnik agentligining Afrikada uchta tahririyat markazi faoliyat yuritmoqda. Ular Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg, Tanzaniyaning Dar-es-Salom va Efiopiyaning Addis-Abeba shaharlarida joylashgan.Uning ta’kidlashicha, Sputnik Afrikada olti tilda — fransuz, ingliz, arab, suaxili, oromo va amxar tillarida faoliyat yuritmoqda.Agentlikning Afrikadagi ijtimoiy tarmoqlarida haftalik ko‘rishlar soni 14 millionga yetadi. 2026-yilda esa umumiy ko‘rishlar soni 554 millionni tashkil etgan.Kiselov Sputnik agentligining Afrikadagi tahririyatlarida 132 nafar mahalliy mutaxassis ishlayotganini ham ma’lum qildi. Ular mahalliy tillar va mintaqaviy muammolarni yaxshi bilishi axborot mahsulotlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuningdek, Sputnik Afrika davlatlarida radioeshittirishlarni ham rivojlantirmoqda. Agentlik radiodasturlarining tinglovchilar auditoriyasi qariyb 100 million kishini tashkil etadi.Kiselovning ta’kidlashicha, agentlik tahririyat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri Afrika auditoriyasiga Rossiya haqidagi axborotni yetkazish va qit’a davlatlarining qadr-qimmati hamda manfaatlarini yoritishdan iborat.
Sputnik Burkina-Fasoda yangi tahririyat markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu agentlikning Afrika qit’asidagi to‘rtinchi markazi bo‘ladi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi Burkina-Fasoda yangi tahririyat markazini ochishni rejalashtirmoqda. Bu Afrika qit’asidagi to‘rtinchi markaz bo‘ladi. Bu haqda "Rossiya segodnya" media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov ma’lum qildi.
U bu haqda 28-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya–Afrika mediaforumida so‘z yuritdi. Tadbir RT tomonidan Sputnik va TASS ishtirokida tashkil etilgan.
Kiselovning aytishicha, hozirda Sputnik agentligining Afrikada uchta tahririyat markazi faoliyat yuritmoqda. Ular Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg, Tanzaniyaning Dar-es-Salom va Efiopiyaning Addis-Abeba shaharlarida joylashgan.
"Biz Burkina-Fasoda ham tahririyat markazini ochishni rejalashtirapmiz. Shu tariqa Afrikadagi ishtirokimizni faol kengaytirmoqdamiz", — dedi Kiselov.
Uning ta’kidlashicha, Sputnik Afrikada olti tilda — fransuz, ingliz, arab, suaxili, oromo va amxar tillarida faoliyat yuritmoqda.
Agentlikning Afrikadagi ijtimoiy tarmoqlarida haftalik ko‘rishlar soni 14 millionga yetadi. 2026-yilda esa umumiy ko‘rishlar soni 554 millionni tashkil etgan.
Kiselov Sputnik agentligining Afrikadagi tahririyatlarida 132 nafar mahalliy mutaxassis ishlayotganini ham ma’lum qildi. Ular mahalliy tillar va mintaqaviy muammolarni yaxshi bilishi axborot mahsulotlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, Sputnik Afrika davlatlarida radioeshittirishlarni ham rivojlantirmoqda. Agentlik radiodasturlarining tinglovchilar auditoriyasi qariyb 100 million kishini tashkil etadi.
Radiodasturlar Gvineya, Mali, Nigeriya, Burkina-Faso, Markaziy Afrika Respublikasi, Efiopiya, Botsvana, Kongo, Kamerun va Malavida ham tarqatilmoqda.
Kiselovning ta’kidlashicha, agentlik tahririyat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri Afrika auditoriyasiga Rossiya haqidagi axborotni yetkazish va qit’a davlatlarining qadr-qimmati hamda manfaatlarini yoritishdan iborat.
Ma’lumot uchun, Sputnik — "Rossiya segodnya" media guruhi tarkibiga kiruvchi xalqaro axborot agentligi va radio. Agentlik 30 dan ortiq tilda faoliyat yuritadi. Media guruhning hamkorlik tarmog‘i 108 mamlakatdagi 500 dan ortiq ommaviy axborot vositasini qamrab olgan.