Mirziyoyev tibbiy xizmatlar va bepul dorilar bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva s rabotnikami sfer meditsini i farmatsevtiki
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s rabotnikami sfer meditsini i farmatsevtiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Obuna bo‘lish
2027 yilda bepul dorilar 73 turga, tibbiy tekshiruvlar 36 turga yetkaziladi. Saratonni erta aniqlash dasturi kengaytiriladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yildan aholi uchun kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi kengaytiriladi. Bepul beriladigan dori vositalari 73 turga, tibbiy tekshiruvlar esa 36 turga yetkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Hozir kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.

Prezident oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash ishlari Samarqand viloyatidan boshlanib, 2028-yildan barcha hududlarga tatbiq etilishini bildirdi. Bu maqsadga yiliga 700 mlrd so‘m ajratiladi.

Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi o‘smalar va bolalardagi onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash dasturlari ham davom ettiriladi.
Infarkt va insultni erta aniqlash hamda davolash dasturi kelasi yil barcha tuman va shaharlarni qamrab oladi. Buning uchun 280 milliard so‘m ajratiladi.
Birlamchi tibbiy yordam tizimi ham kengaytiriladi. Hozir 28 ta tumanda sinovdan o‘tkazilgan oilaviy shifokorlar modeli 2027-yildan yana 100 ta tumanda joriy etiladi.
Yangi tizimda aholi oilaviy shifokorlarga nomma-nom biriktiriladi, shifokor va bemorning vazifalari o‘zaro bitimda belgilanadi.
Shuningdek, poliklinika va shifoxonalarda ozodalik, sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari" joriy qilinadi.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s rabotnikami sfer meditsini i farmatsevtiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2026
Shifokorlarga ipoteka bo‘yicha imtiyoz, 50 mln so‘m rag‘bat puli va yangi ustamalar beriladi
Yangiliklar lentasi
0