https://oz.sputniknews.uz/20261027/russia-ukraine-ot-ochish-toxtatish-61526163.html
Rossiya va Ukraina Xerson yo‘nalishida o‘t ochishni to‘xtatdi — tafsilotlar
Rossiya va Ukraina Xerson yo‘nalishida o‘t ochishni to‘xtatdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Ukraina Xerson yo‘nalishida o‘t ochishni to‘xtatdi. Aloshkaga 29-oktabrdan gumanitar yordam yetkazish va aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan. Peskov bunday tanaffuslar boshqa hududlarda ham mumkinligini bildirdi.
2026-10-27T11:22+0500
2026-10-27T11:22+0500
2026-10-27T11:44+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
dmitriy peskov
rossiya
ukraina
xerson viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48592660_0:120:3072:1848_1920x0_80_0_0_41e581850ba7e438b81104dce17f6d76.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 27-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 04:00 dan Xerson yo‘nalishida "sukunat rejimi" joriy etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi. Ushbu chora Aloshki shahrida gumanitar operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Harbiy muhandislar yo‘llarni minalar va portlovchi buyumlardan tekshiradi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ham gumanitar operatsiya hududida o‘t ochishni 27-oktabr Kiyev vaqti bilan soat 03:00 (Moskva vaqti bilan 04.00)dan to‘xtatishini tasdiqladi. Ikki davlatning inson huquqlari bo‘yicha vakillari gumanitar missiya shartlarini oldindan kelishib olgan.Gumanitar yordam yetkazish va evakuatsiya bosqichi 29-oktabrda boshlanishi rejalashtirilgan.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Aloshkidagi gumanitar tanaffus boshqa hududlarda ham o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga namuna bo‘lishi mumkinligini bildirdi.Uning ta’kidlashicha, bunday kelishuvlarga gumanitar maqsadlarda erishish mumkin. Peskov, shuningdek, Ukraina tomoni erishilgan kelishuvlarga amal qilishiga umid bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261024/rossiya-va-ukraina-alyoshki-hududida-vaqtincha-sulh-tuzishga-kelishib-oldi-61450595.html
ukraina
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48592660_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_52907293d193dbeafb1ce584412e96fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, dmitriy peskov, rossiya, ukraina, xerson viloyati
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, dmitriy peskov, rossiya, ukraina, xerson viloyati
Rossiya va Ukraina Xerson yo‘nalishida o‘t ochishni to‘xtatdi — tafsilotlar
11:22 27.10.2026 (yangilandi: 11:44 27.10.2026) Rossiya va Ukraina Aloshki shahrida gumanitar yordam yetkazish va tinch aholini evakuatsiya qilish uchun o‘t ochishni bir vaqtda to‘xtatdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 27-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 04:00 dan Xerson yo‘nalishida "sukunat rejimi" joriy etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar qildi.
Ushbu chora Aloshki shahrida gumanitar operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Harbiy muhandislar yo‘llarni minalar va portlovchi buyumlardan tekshiradi.
Bu aholiga oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur yuklarni yetkazish, shuningdek, shaharni tark etishni istagan fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun xavfsiz yo‘lak yaratishga qaratilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ham gumanitar operatsiya hududida o‘t ochishni 27-oktabr Kiyev vaqti bilan soat 03:00 (Moskva vaqti bilan 04.00)dan to‘xtatishini tasdiqladi. Ikki davlatning inson huquqlari bo‘yicha vakillari gumanitar missiya shartlarini oldindan kelishib olgan.
Gumanitar yordam yetkazish va evakuatsiya bosqichi 29-oktabrda boshlanishi rejalashtirilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Aloshkidagi gumanitar tanaffus boshqa hududlarda ham o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga namuna bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday kelishuvlarga gumanitar maqsadlarda erishish mumkin. Peskov, shuningdek, Ukraina tomoni erishilgan kelishuvlarga amal qilishiga umid bildirdi.