Toshkentda Yangi Sergeli va Amir Temur ko‘chalarida harakat cheklandi

© Sputnik / Baxrom XatamovTashkent v avguste
Tashkent v avguste - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
Obuna bo‘lish
25 oktabrdan Yangi Sergeli va Amir Temur ko‘chalarining 2,8 km qismida BRT qurilishi tufayli transport harakati vaqtincha cheklangan.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Toshkentda tezkor avtobus qatnovi (BRT) uchun alohida yo‘laklar qurilishi munosabati bilan ikki ko‘chaning ayrim qismlarida transport harakatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Cheklovlar 25-oktabrdan Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasi va Yunusobod tumanidagi Amir Temur shohko‘chasida amal qila boshladi. Qurilish ishlari jami 2 798 metr, ya’ni qariyb 2,8 kilometr yo‘lni qamrab oladi.
Qaysi yo‘l qismlarida ish olib boriladi?
Yangi Sergeli ko‘chasida — 1 368 metr. Yangi Sergeli va Choshtepa ko‘chalari kesishmasidan SOUEAST servis markazi binosigacha bo‘lgan oraliqda.
© SODD g.TashkentaV Tashkente ogranichili dvijenie na ulitsax Yangi Sergeli i Amira Temura
V Tashkente ogranichili dvijenie na ulitsax Yangi Sergeli i Amira Temura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
V Tashkente ogranichili dvijenie na ulitsax Yangi Sergeli i Amira Temura
Amir Temur shohko‘chasida — 1 430 metr. Ahmad Donish ko‘chasi bilan kesishmadagi yo‘l o‘tkazgichidan Shahriston ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan oraliqda.
© SODD g.TashkentaV Tashkente ogranichili dvijenie na ulitsax Yangi Sergeli i Amira Temura
V Tashkente ogranichili dvijenie na ulitsax Yangi Sergeli i Amira Temura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2026
V Tashkente ogranichili dvijenie na ulitsax Yangi Sergeli i Amira Temura
Markaz ta’kidlashicha, bu ko‘chalar to‘liq yopilmaydi. Qurilish yo‘lning markaziy qismida — kelgusida avtobuslar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etiladigan hududda olib boriladi. Qolgan harakat yo‘laklari avtomobillar uchun ochiq qoladi.
Shunga qaramay, qurilish davrida mazkur uchastkalarda harakat sekinlashishi va vaqtinchalik qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Haydovchilarga safar vaqtini oldindan hisoblash, vaqtinchalik yo‘l belgilariga rioya qilish hamda zarurat bo‘lsa, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.
Cheklovlar qachon bekor qilinishi haqida xabarda aniq muddat keltirilmagan.
Bundan avval 24-oktabrda Shahrisabz ko‘chasida qariyb bir kilometrlik yangi BRT yo‘lagi ochilgan edi. Shu tariqa Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalaridagi uzluksiz avtobus yo‘lagining uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi.
Na ulitse Lutfiy protestirovali otdelnuyu polosu dlya mikromobilnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Toshkent yo‘llarida velosiped, samokat va skuterlarga alohida yo‘laklar paydo bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0