https://oz.sputniknews.uz/20261026/ozbekfilm-soha-ozgarish-61514364.html
"O‘zbekfilm" endi kino suratga olmaydi: sohada nima o‘zgaradi?
"O‘zbekfilm" endi kino suratga olmaydi: sohada nima o‘zgaradi?
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kino sohasida katta o‘zgarishlarni e’lon qildi. Kinematografiya agentligi tugatiladi, film ishlab chiqarish xususiy sektorga o‘tadi, "O‘zbekfilm" milliy kinokompaniyaga aylantiriladi.
2026-10-26T18:42+0500
2026-10-26T18:42+0500
2026-10-26T18:42+0500
kino
o‘zbek kino
kinoproduser
film
madaniyat
madaniyat vazirligi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61513263_0:266:2560:1706_1920x0_80_0_0_a8ff9a37835653c41977b2934a532f8a.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda kino sohasini boshqarish va moliyalashtirish tizimi tubdan o‘zgaradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev "Renessans" kino uyida kinematografiya xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Eng muhim o‘zgarish — yangi "O‘zbekfilm" milliy kinokompaniyasining o‘zi film suratga olmaydi. Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tugatiladi. Soha bo‘yicha davlat siyosatini yuritish Madaniyat vazirligiga o‘tadi. Vazirlik tarkibida rahbari vazir o‘rinbosari maqomiga ega Kino san’ati departamenti tashkil etiladi. Bu ishlarga bir oy muddat berildi.Yangi "O‘zbekfilm" milliy kinokompaniyasi faoliyatini esa bir haftada yo‘lga qo‘yish topshirildi.Filmlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish amaliyoti o‘rniga subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy qilinadi. Yangi moliyalashtirish mexanizmi bir oyda ishga tushiriladi.Shuningdek, "O‘zbekfilm"ning 10 gektarlik hududida zamonaviy "Kino shaharchasi" barpo etiladi. Unda dublyaj va ovozlashtirish markazi ham bo‘ladi. Loyiha-smeta hujjatlari ikki oyda tayyorlanib, qurilish 2027-yil martda boshlanishi rejalashtirilgan.Prezident kino uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ 2016-yildagi 10 milliard so‘mdan 2026-yilda 218 milliard so‘mga yetganini qayd etdi. Shunga qaramay, milliy filmlar tomoshabin talabiga yetarlicha javob bermayotganini tanqid qildi.Uning ta’kidlashicha, odamlar kinoteatrlarga borishdan voz kechmagan — ularning didi va talabi o‘zgargan. Yangi tizim milliy filmlarni yaratishdan to tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonni yaxshilashga qaratilgan.Shuningdek, sohada professional kinotanqidchilikni rivojlantirish uchun Kinoshunoslar klubi tashkil etiladi. Kino ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish ham rejalashtirilmoqda. Bir oyda mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish va xorijda malakasini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260710/filmlar-ozbekiston-58946334.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61513263_285:0:2560:1706_1920x0_80_0_0_4892b9f36071fbbf6f802fa487a59793.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kino, o‘zbek kino, kinoproduser, film, madaniyat, madaniyat vazirligi, o‘zbekiston
kino, o‘zbek kino, kinoproduser, film, madaniyat, madaniyat vazirligi, o‘zbekiston
"O‘zbekfilm" endi kino suratga olmaydi: sohada nima o‘zgaradi?
Kinematografiya agentligi tugatiladi, film ishlab chiqarish xususiy sektorga o‘tadi. O‘zbekfilm esa yangi vazifalar bilan ishlaydi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda kino sohasini boshqarish va moliyalashtirish tizimi tubdan o‘zgaradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev "Renessans" kino uyida kinematografiya xodimlari bilan uchrashuvda
ma’lum qildi.
Eng muhim o‘zgarish — yangi "O‘zbekfilm" milliy kinokompaniyasining o‘zi film suratga olmaydi.
Kino ishlab chiqarish to‘liq xususiy sektorga o‘tadi. Kompaniya esa loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, tayyor filmlarni targ‘ib qilish, tarqatish hamda xalqaro bozor va festivallarga olib chiqish bilan shug‘ullanadi.
Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tugatiladi. Soha bo‘yicha davlat siyosatini yuritish Madaniyat vazirligiga o‘tadi. Vazirlik tarkibida rahbari vazir o‘rinbosari maqomiga ega Kino san’ati departamenti tashkil etiladi. Bu ishlarga bir oy muddat berildi.
Yangi "O‘zbekfilm" milliy kinokompaniyasi faoliyatini esa bir haftada yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Filmlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish amaliyoti o‘rniga subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy qilinadi. Yangi moliyalashtirish mexanizmi bir oyda ishga tushiriladi.
"Bundan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori bo‘ladi", — dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, "O‘zbekfilm"ning 10 gektarlik hududida zamonaviy "Kino shaharchasi" barpo etiladi. Unda dublyaj va ovozlashtirish markazi ham bo‘ladi. Loyiha-smeta hujjatlari ikki oyda tayyorlanib, qurilish 2027-yil martda boshlanishi rejalashtirilgan.
Prezident kino uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ 2016-yildagi 10 milliard so‘mdan 2026-yilda 218 milliard so‘mga yetganini qayd etdi. Shunga qaramay, milliy filmlar tomoshabin talabiga yetarlicha javob bermayotganini tanqid qildi.
Uning ta’kidlashicha, odamlar kinoteatrlarga borishdan voz kechmagan — ularning didi va talabi o‘zgargan. Yangi tizim milliy filmlarni yaratishdan to tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonni yaxshilashga qaratilgan.
Shuningdek, sohada professional kinotanqidchilikni rivojlantirish uchun Kinoshunoslar klubi tashkil etiladi.
Ikkita sohaviy uyushma birlashtirilib, O‘zbekiston kino sohasi vakillari palatasi tuziladi. U ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qilish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
Kino ishlab chiqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish ham rejalashtirilmoqda. Bir oyda mutaxassislarni tayyorlash, o‘qitish va xorijda malakasini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi.