https://oz.sputniknews.uz/20261019/uzbekistan-kompaniyalar-birja-61325249.html
700 mln dollarlik IPOdan keyin: O‘zbekiston yirik kompaniyalarni birjaga tayyorlamoqchi
700 mln dollarlik IPOdan keyin: O‘zbekiston yirik kompaniyalarni birjaga tayyorlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy investitsiya jamg‘armasining ilk xalqaro IPOsi qariyb 700 mln dollar jalb qildi. Mirziyoyev Franklin Templeton bilan keyingi IPOlarni, Wabtec bilan esa lokomotivlar yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatishni muhokama qildi
2026-10-19T19:49+0500
2026-10-19T19:49+0500
2026-10-19T19:49+0500
shavkat mirziyoyev
aqsh
hamkorlik
energetika
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61324893_0:0:1900:1069_1920x0_80_0_0_3ab6ca2c7cc484b44c473af06b7e1bb1.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining London va Toshkent birjalaridagi ilk xalqaro IPOsi natijasida qariyb 700 mln dollar jalb qilindi. Investorlar talabi taklifdan to‘rt baravardan ziyod oshdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Franklin Templeton kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.Uchrashuvda jamg‘arma tarkibidagi davlat kompaniyalarini isloh qilish, yirik korxonalarni navbatdagi IPOlarga tayyorlash va fuqarolarning aksiyalar savdosidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, kompaniyalar rahbarlarining malakasini oshirish hamda Franklin Templeton kompaniyasini Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatiga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Lokomotivlar parkini yangilashPrezident AQShning Wabtec kompaniyasi rahbari Rafael Santana bilan ham uchrashdi.Tomonlar AQSh moliya institutlari ishtirokida O‘zbekistonga yangi lokomotivlar yetkazib berish, ularga uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish, butlovchi qismlarni mahalliy ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.Shuningdek, tog‘-kon texnikasi uchun servis markazi tashkil etish va dizel-generatorlar sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260219/usa-kompaniyalar-hujjatlar-imzolanish-55805684.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61324893_88:0:1776:1266_1920x0_80_0_0_4bbee09b4b91ebaec02891aa41cb292d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, aqsh, hamkorlik, energetika, investitsiya
shavkat mirziyoyev, aqsh, hamkorlik, energetika, investitsiya
700 mln dollarlik IPOdan keyin: O‘zbekiston yirik kompaniyalarni birjaga tayyorlamoqchi
O‘zbekistonning ilk xalqaro IPOsi qariyb 700 mln dollar jalb qildi. Endi yirik kompaniyalarni birjaga chiqarish rejalari muhokama qilinmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining London va Toshkent birjalaridagi ilk xalqaro IPOsi natijasida qariyb 700 mln dollar jalb qilindi. Investorlar talabi taklifdan to‘rt baravardan ziyod oshdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Franklin Templeton kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
IPO — kompaniya aksiyalarini ilk bor ommaviy savdoga chiqarish jarayoni. Milliy investitsiya jamg‘armasining aksiyalari joriy yil may oyida London va Toshkent birjalarida savdoga chiqarilgan.
Uchrashuvda jamg‘arma tarkibidagi davlat kompaniyalarini isloh qilish, yirik korxonalarni navbatdagi IPOlarga tayyorlash va fuqarolarning aksiyalar savdosidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kompaniyalar rahbarlarining malakasini oshirish hamda Franklin Templeton kompaniyasini Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatiga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Lokomotivlar parkini yangilash
Prezident AQShning Wabtec kompaniyasi rahbari Rafael Santana bilan ham uchrashdi.
Tomonlar AQSh moliya institutlari ishtirokida O‘zbekistonga yangi lokomotivlar yetkazib berish, ularga uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish, butlovchi qismlarni mahalliy ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, tog‘-kon texnikasi uchun servis markazi tashkil etish va dizel-generatorlar sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.