O‘zbekistonda Google Pay ishga tushirildi — bu nima beradi?

© Sputnik / Sgenerirovano IIV Uzbekistane zapushen Google Pay
V Uzbekistane zapushen Google Pay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi. U Android smartfonlari orqali kontaktsiz to‘lov qilish imkonini beradi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizamti xabar berdi.
Yangilik Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi C5+1 formati doirasida o‘tkazilgan raqamli texnologiyalar sessiyasida ma’lum qilindi.
Google Cloud kompaniyasining davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Marsin Krasuski xizmatning O‘zbekistonda ish boshlaganini e’lon qildi.
"Bugun Google O‘zbekistonda GPay — Google Pay xizmatini ishga tushirayotganini mamnuniyat bilan e’lon qilaman", — dedi u.
Google Pay mahalliy to‘lov xizmatlaridan farqli ravishda, qo‘llab-quvvatlanadigan xalqaro bank kartalari orqali xorijdagi do‘konlar va internet platformalarida ham to‘lov qilish imkonini beradi.
O‘zbekistonda esa HUMO Pay va Payme kabi muqobil xizmatlar allaqachon mavjud. Shu bois Google Pay xizmatining asosiy yangiligi mahalliy banklar kartalarini xalqaro raqamli to‘lov ekotizimiga ulash imkoniyati bilan bog‘liq. Hozircha xizmatni qaysi banklar qo‘llab-quvvatlashi aniqlashtirilmagan.
Avvalroq Markaziy bank Google Pay va Apple Pay xizmatlarini joriy etish bo‘yicha banklar hamda to‘lov tizimlari bilan texnik integratsiya ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.
Bitkoin kriptovalyuta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
O‘zbekistonda HUMO barqaror tokeni to‘lov vositasi sifatida sinovdan o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0