Yo‘lovchilar Moskva-Toshkent avtobus chiptalari bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirildi

© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanIz Uzbekistana zapustat novie mejdunarodnie avtobusnie reysi
Iz Uzbekistana zapustat novie mejdunarodnie avtobusnie reysi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2026
Obuna bo‘lish
Moskvadan Toshkentga "Uzautotrans service" avtobuslarida qaytmoqchi bo‘lganlar soxta e’lonlarga aldanib, chiptalarni bir necha baravar qimmatga olmoqda va noqonuniy reyslarga chiqarib yuborilmoqda.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Migratsiya agentligi fuqarolarni Moskvadan Toshkentga avtobus chiptalarini sotib olish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalaridan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, firibgarlar “Uzautotrans Service” kompaniyasi avtobuslarining fotosuratlari va videolaridan foydalanib, noqonuniy tashuvlarni rasmiy reyslar sifatida taqdim etmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, safar haqidagi e’lonlar ijtimoiy tarmoqlar va YouTube kanallarida joylashtirilmoqda. Yo‘lovchilar murojaat qilganidan so‘ng firibgarlar rasmiy reyslar uchun chiptalar kassalarda qolmaganini aytib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlaridan qimmatroq narxda sotib olishni taklif qiladi. Biroq yo‘lovchilar va’da qilingan reys o‘rniga noqonuniy avtobuslarda yo‘lga chiqariladi.
Agentlik “Uzautotrans Service” kompaniyasi Moskvadan Toshkentga muntazam avtobus qatnovlarini dushanba va payshanba kunlari amalga oshirishini eslatdi. Avtobuslar “Novoyasenevskaya”va “Kotelniki” avtostansiyalaridan jo‘naydi hamda Toshkent avtovokzaliga yetib keladi.
Chiptalarni ko‘rsatilgan avtostansiyalar kassalaridan, shuningdek, tegishli mobil ilovalar va veb-saytlar orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Muntazam reyslar uchun chipta narxi 8 500 rublni tashkil etadi. Shu kunlari tashkil etiladigan qo‘shimcha reyslar uchun esa narx 7 000 rubl etib belgilangan.
Agentlik fuqarolarni firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun chiptalarni faqat rasmiy kanallar orqali sotib olishga va tashuvchi haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga chaqirdi.
Rossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2026
Rossiya markaziy osiyolik migrantlar uchun eng yirik mehnat bozori bo‘lib qolmoqda – RF TIV
Yangiliklar lentasi
0