https://oz.sputniknews.uz/20261010/bu-putinning-tugilgan-kuniga-sovga-boldi--zelenskiy-aqsh-rossiya-kelishuvi-haqida-61097676.html
Bu Putinning tug‘ilgan kuniga sovg‘a bo‘ldi — Zelenskiy Rossiya-AQSh kelishuvi haqida
Bu Putinning tug‘ilgan kuniga sovg‘a bo‘ldi — Zelenskiy Rossiya-AQSh kelishuvi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Trampning Rossiya bilan kelishuviga AQShdagi oraliq saylovlarga bir oydan kam vaqt qolgani ham sabab bo‘ldi — OAV. 10.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-10T17:10+0500
2026-10-10T17:10+0500
2026-10-10T17:24+0500
aqsh
rossiya
ukraina
vladimir zelenskiy
vladimir putin
donald tramp
yevropa ittifoqi
nato
dizel
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60290824_0:156:3000:1844_1920x0_80_0_0_c10a1169636064bc2bd0ee4e5a7750c8.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishuv Ukraina rasmiylarini hayratda qoldirdi. Kiyevda Trampning Rossiya dizel yoqilg‘isiga sanksiyalarni bekor qilish qaroridan "umidsizlik vag‘azab hukmronlik qilmoqda", deb yozadi The Financial Times jurnalisti Kristofer Miller.Zelenskiyning o‘zi ham hissiy tushkunlik holatida va uning bayonotlariga qaraganda, yig‘lash arafasida turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika rahbari o‘rtasidagi dizel yoqilg‘isi shartnomasi "adolatsiz va noinsof", deb yozmoqda Axios nashri. Lekin ushbu voqeadan oldin Oq uy Zelenskiydan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni kamida olti marta so‘radi, chunki bu zarbalar jahon bozorida neft narxini ko‘tarib AQShdagi yoqilg‘i narxlariga hamta’sir ko‘rsatdi. Zelenskiy esa Trampning iltimoslarini olti marta ham e’tiborsiz qoldirdi.Tramp va Putin telefon suhbati bo‘lib o‘tayotgan ayni vaqtda Mayamida Ukraina-Yevropa-AQSh tinchlik muzokaralari ham bo‘lib o‘tayotgan edi. U yerda Britaniya, Fransiya va Germaniyaga, Yevropa Komissiyasi va NATO vakillari ham bor edi.Tramp va Putin muzokaralari natijalari ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Mayamida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralari muddatidan oldin yakunlandi. Tramp va Putin kelishuvi nafaqat Ukraina rasmiylarini, balki ko‘plab Yevropa hukumatlarini ham hayratda qoldirdi.Tramp esa Zelenskiy tanqidlariga izoh berishdan bosh tortdi. Juma kuni jurnalistlar bu haqida bir necha marta Trampdan so‘rashdi, ammo u izoh berishdan bosh tortdi va "Putindan minnatdor ekanini" va "Rossiya bilan tuzilgan kelishuv AQShga foyda keltirishini" aytdi.
https://oz.sputniknews.uz/20261010/vladimir-putin-va-donald-tramp-energetika-sohasida-yirik-kelishuvga-erishdi-61088464.html
https://oz.sputniknews.uz/20260919/tramp-rossiyaga-qarshi-sanktsiyalar-togrisidagi-qonunni-imzoladi-60561213.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60290824_167:0:2834:2000_1920x0_80_0_0_689406fa0cd30338cf7d7e993acf7d6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, rossiya, ukraina, vladimir zelenskiy, vladimir putin, donald tramp, yevropa ittifoqi, nato, dizel
aqsh, rossiya, ukraina, vladimir zelenskiy, vladimir putin, donald tramp, yevropa ittifoqi, nato, dizel
Bu Putinning tug‘ilgan kuniga sovg‘a bo‘ldi — Zelenskiy Rossiya-AQSh kelishuvi haqida
17:10 10.10.2026 (yangilandi: 17:24 10.10.2026) Trampning Rossiya bilan kelishuviga AQShdagi oraliq saylovlarga bir oydan kam vaqt qolgani ham sabab bo‘ldi — OAV.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishuv Ukraina rasmiylarini hayratda qoldirdi. Kiyevda Trampning Rossiya dizel yoqilg‘isiga sanksiyalarni bekor qilish qaroridan "umidsizlik vag‘azab hukmronlik qilmoqda", deb yozadi The Financial Times jurnalisti Kristofer Miller.
Zelenskiyning o‘zi ham hissiy tushkunlik holatida va uning bayonotlariga qaraganda, yig‘lash arafasida turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika rahbari o‘rtasidagi dizel yoqilg‘isi shartnomasi "adolatsiz va noinsof", deb yozmoqda Axios nashri.
"Bilasizmi, bu Putinning tug‘ilgan kuniga sovg‘a kabi ko‘rinadi. Bu shunchaki dahshatli ko‘rinadi", - dedi Zelenskiy nashrga bergan telefon intervyusida.
Lekin ushbu voqeadan oldin Oq uy Zelenskiydan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni kamida olti marta so‘radi, chunki bu zarbalar jahon bozorida neft narxini ko‘tarib AQShdagi yoqilg‘i narxlariga hamta’sir ko‘rsatdi. Zelenskiy esa Trampning iltimoslarini olti marta ham e’tiborsiz qoldirdi.
"Zelenskiy vaziyatni noto‘g‘ri baholamoqda. Neftni qayta ishlash zavodlarini nishonga olishda davom etib, u so‘nggi olti oy ichida Trampdan olgan xayrixohligiga putur yetkazmoqda", - dedi AQShrasmiysi Axios nashriga.
Tramp va Putin telefon suhbati bo‘lib o‘tayotgan ayni vaqtda Mayamida Ukraina-Yevropa-AQSh tinchlik muzokaralari ham bo‘lib o‘tayotgan edi. U yerda Britaniya, Fransiya va Germaniyaga, Yevropa Komissiyasi va NATO vakillari ham bor edi.
Tramp yoqilg‘i narxlari va Zelenskiyning iltimoslari orasidan birini tanlashga majbur bo‘ldi. Dizel g‘alaba qozondi, chunki AQShdagi oraliq saylovlarga bir oydan kam vaqt qolgan.
Tramp va Putin muzokaralari natijalari ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Mayamida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralari muddatidan oldin yakunlandi.
Tramp va Putin kelishuvi nafaqat Ukraina rasmiylarini, balki ko‘plab Yevropa hukumatlarini ham hayratda qoldirdi.
Zelenskiy ushbu kelishuvni o‘tgan yili Tramp va Putin ishtirokida bo‘lib o‘tgan Ankorij sammiti bilan taqqosladi. "Bu xuddi Alyaska-2ga o‘xshaydi", — dedi u.
Tramp esa Zelenskiy tanqidlariga izoh berishdan bosh tortdi. Juma kuni jurnalistlar bu haqida bir necha marta Trampdan so‘rashdi, ammo u izoh berishdan bosh tortdi va "Putindan minnatdor ekanini" va "Rossiya bilan tuzilgan kelishuv AQShga foyda keltirishini" aytdi.