https://oz.sputniknews.uz/20261005/kredit-bank-60962342.html
Chalg‘ituvchi kredit taklif qilgan banklar faoliyati cheklanadi
Chalg‘ituvchi kredit taklif qilgan banklar faoliyati cheklanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chalg‘ituvchi deb topilgan kredit mahsulotini iste’molchiga taklif etgan bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi olti oygacha cheklanishi va (yoki) taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi 30-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
2026-10-05T09:24+0500
2026-10-05T09:24+0500
2026-10-05T09:24+0500
jamiyat
bank
kredit
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55117006_0:60:1135:698_1920x0_80_0_0_fb167e816ec4daa7236ef3bcefd2fe45.jpg
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekistonda chalg‘ituvchi deb topilgan kredit mahsulotini iste’molchiga taklif etgan bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi olti oygacha cheklanishi va (yoki) taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi 30-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Hujjatga ko‘ra, banklar kredit reklamasida kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik iste’molchi uchun moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish joylashtirishi shart.Bunda ogohlantirish bosma va elektron reklamada reklama maydonining, audio va videoreklamada esa reklama davomiyligining kamida 10 foizini egallashi kerak.Shuningdek, kredit shartnomasining birinchi sahifasiga, shartnoma matnidan oldin, sahifa asosiy yuzasining kamida 30 foizini egallaydigan ogohlantirish axboroti joylashtiriladi.Iste’molchini chalg‘ituvchi deb topilgan kredit mahsuloti unga taklif etilgan hollarda, Markaziy bank bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishini yoki infratuzilmasini kengaytirishini olti oygacha cheklashi va (yoki) taqiqlashi mumkin.Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260817/muddat-tolov-yangi-qoidalar-59745301.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55117006_63:0:1071:756_1920x0_80_0_0_28134473ec0c81c86aaf4b20d34952ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bank, kredit, o‘zbekiston
jamiyat, bank, kredit, o‘zbekiston
Chalg‘ituvchi kredit taklif qilgan banklar faoliyati cheklanadi
Banklar kredit reklamasi va shartnomasida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish joylashtirishi shart.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekistonda chalg‘ituvchi deb topilgan kredit mahsulotini iste’molchiga taklif etgan bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi olti oygacha cheklanishi va (yoki) taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi 30-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi. Hujjatga ko‘ra, banklar kredit reklamasida kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik iste’molchi uchun moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish joylashtirishi shart.
Bunda ogohlantirish bosma va elektron reklamada reklama maydonining, audio va videoreklamada esa reklama davomiyligining kamida 10 foizini egallashi kerak.
Shuningdek, kredit shartnomasining birinchi sahifasiga, shartnoma matnidan oldin, sahifa asosiy yuzasining kamida 30 foizini egallaydigan ogohlantirish axboroti joylashtiriladi.
Iste’molchini chalg‘ituvchi deb topilgan kredit mahsuloti unga taklif etilgan hollarda, Markaziy bank bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishini yoki infratuzilmasini kengaytirishini olti oygacha cheklashi va (yoki) taqiqlashi mumkin.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.