Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin”: Kiyev Rossiyaning “Rassvet” yo‘ldoshlaridan qo‘rqmoqda

© Depositphotos / cookelmaKosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainaning AQShdagi muvaqqat ishlar vakili bu sun’iy yo‘ldosh dasturiga qarshi sanksiya kiritishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Rossiyaning “Rassvet” sun’iy yo‘ldoshlar guruhidan foydalanishi Ukraina uchun jiddiy xavf tug‘diradi va mojaroda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi muvaqqat ishlar vakili Denis Senik ma’lum qildi.

“Agar ular 2026-yil oxirigacha “Rassvet”ni ishga tushirsa, bizning hududimizdagi Ukraina nishonlarini real vaqt rejimida yo‘q qila oladi. Agar bu tashkilotlarga sanksiyalar qo‘llanilmasa, bu amalda Rossiya uchun ushbu dasturni amalga oshirish imkonini beradi va bu o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi”, - deya uning so‘zlarini keltiradi “Reuters” agentligi.

Mart oyida Rossiyaning “Buro 1440” aerokosmik kompaniyasi “Rassvet” past orbital guruhining 16 ta sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi. Iyul oyida kosmik kemalarning ikkinchi paketli uchirilishi bo‘lib o‘tdi. Past orbital guruh asosida ma’lumotlarni keng polosali sun’iy yo‘ldosh orqali uzatish xizmatidan tijoriy foydalanishni boshlashning maqsadli muddati – 2027-yil.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oyida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv chog‘ida mahalliy ishlanma “Starlink”dan qolishmasligini, balki ba’zi jihatlarda undan ustun ekanini ta’kidlagan edi.
Sovetnik Zelenskogo nazval sputnikovuyu sistemu RF Rassvet ugrozoy dlya Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiyaning “Rassvet” sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina paytavasiga qurt tushirdi
Yangiliklar lentasi
0