https://oz.sputniknews.uz/20260929/russia-naqd-rubl-cheklov-60825423.html
Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mln rubldan ortiq naqd rubl olib chiqish cheklandi
Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mln rubldan ortiq naqd rubl olib chiqish cheklandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga naqd rubl olib chiqish tartibini kuchaytirdi. Jismoniy shaxslarga 1 mln rubldan ortiq mablag‘ olib chiqish cheklandi, qoida buzilsa ortiqcha summa musodara qilinadi.
2026-09-29T15:52+0500
2026-09-29T15:52+0500
2026-09-30T10:21+0500
migratsiya
migrantlar
yangi farmon
vladimir putin
yeoii
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/04/23129756_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_03af7c980494efdb29b84c467180203b.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va YeOII davlatlariga naqd rubl olib chiqish tartibini kuchaytiruvchi farmonni imzoladi.Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslarga Rossiyadan ushbu davlatlarga 1 mln rubldan ortiq naqd Rossiya valyutasini olib chiqish taqiqlanadi. Biroq 1 mln rubldan ortiq mablag‘ni olib chiqish uchun istisno mavjud. Buning uchun pul Rossiya hukumati belgilaydigan xalqaro aeroportlardagi chegara o‘tkazish punktlari orqali olib chiqilishi va butun summa bank hisobvarag‘i yoki omonatidan yechilganini tasdiqlovchi bank hujjatlari taqdim etilishi kerak.Qoida buzilsa, jismoniy shaxsdan 1 mln rubldan ortiq qismi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkordan esa olib chiqilayotgan naqd rublning butun summasi musodara qilinadi.Avvalgi tartibda jismoniy shaxslar uchun cheklov 100 ming dollar ekvivalentidan yuqori mablag‘ga taalluqli bo‘lib, u faqat YeOII davlatlariga nisbatan amal qilar edi. Endi limit 1 mln rublgacha tushirildi, O‘zbekiston, Tojikiston va Ozarbayjon ham ro‘yxatga kiritildi.Farmon imzolangan kundan kuchga kirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260910/russia-migrant-ozgarishlar-60330387.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/04/23129756_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_a4efcec8443823609708b69bc0945d72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, yangi farmon, vladimir putin, yeoii, o‘zbekiston, rossiya
migratsiya, migrantlar, yangi farmon, vladimir putin, yeoii, o‘zbekiston, rossiya
Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mln rubldan ortiq naqd rubl olib chiqish cheklandi
15:52 29.09.2026 (yangilandi: 10:21 30.09.2026) Rossiya O‘zbekiston va boshqa ayrim davlatlarga naqd rubl olib chiqish qoidalarini kuchaytirdi. Endi jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va YeOII davlatlariga naqd rubl olib chiqish tartibini kuchaytiruvchi farmonni
imzoladi.
Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslarga Rossiyadan ushbu davlatlarga 1 mln rubldan ortiq naqd Rossiya valyutasini olib chiqish taqiqlanadi.
Biroq 1 mln rubldan ortiq mablag‘ni olib chiqish uchun istisno mavjud. Buning uchun pul Rossiya hukumati belgilaydigan xalqaro aeroportlardagi chegara o‘tkazish punktlari orqali olib chiqilishi va butun summa bank hisobvarag‘i yoki omonatidan yechilganini tasdiqlovchi bank hujjatlari taqdim etilishi kerak.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun talab qat’iyroq: ularga naqd rubl olib chiqish summa miqdoridan qat’i nazar taqiqlanadi. Ular uchun ham farmonda belgilangan ayrim istisnolar mavjud.
Qoida buzilsa, jismoniy shaxsdan 1 mln rubldan ortiq qismi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkordan esa olib chiqilayotgan naqd rublning butun summasi musodara qilinadi.
Avvalgi tartibda jismoniy shaxslar uchun cheklov 100 ming dollar ekvivalentidan yuqori mablag‘ga taalluqli bo‘lib, u faqat YeOII davlatlariga nisbatan amal qilar edi. Endi limit 1 mln rublgacha tushirildi, O‘zbekiston, Tojikiston va Ozarbayjon ham ro‘yxatga kiritildi.
Farmon imzolangan kundan kuchga kirdi.