Ishlamaydigan oila a’zolariga ish staji hisoblash mumkin bo‘ladi — qancha to‘lash kerak

© Sputnik / Zafar XalilovUzbekskie sumi
Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Obuna bo‘lish
2027 yildan ishlamaydigan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq to‘lab, unga ish staji hisoblatish mumkin bo‘ladi. Ayrim fuqarolarga esa staj avtomatik hisoblanadi
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 2027-yil 1-yanvardan rasmiy daromadga ega fuqarolar ishlamaydigan oila a’zosi uchun har oy MHTEKMning 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to‘lab, unga ish staji hisoblatishi mumkin bo‘ladi. Bu Prezidentning tegishli yangi qarorida belgilangan.
Hozirda MHTEKMning 12 foizi 163 200 so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-oktabrdan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlovchilar o‘zini o‘zi band qilganlar uchun belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lasa, ularga bir yillik ish staji avtomatik hisoblanadi.
Pensiya ta’minotiga oid xizmatlar 2027-yil 1-yanvarga qadar to‘liq interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi.
Yangi tartibga ko‘ra, ayrim pensiyalarni tayinlash uchun fuqarolar alohida murojaat qilishi shart bo‘lmaydi.
Jumladan:
2026 yil 1-noyabrdan ishlar hajmi qisqarishi yoki korxona tugatilishi sabab ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga belgilangan pensiya yoshidan ikki yil oldin yoshga doir pensiya proaktiv tarzda tayinlanadi;
2027 yil 1-yanvardan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi murojaatsiz tayinlanadi;
shu sanadan “Mening pensiyam” xizmati orqali pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolar oldindan xabardor qilinadi;
2027 yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasi fuqarolardan qog‘oz hujjat va ma’lumotlarni qabul qilish amaliyotini bekor qiladi;
imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash, boshqa turdagi pensiyaga o‘tish, pensiyani naqd shaklda olish hamda to‘xtatilgan to‘lovlarni tiklash xizmatlari bosqichma-bosqich onlayn shaklga o‘tkaziladi.
Shu tariqa, pensiya tayinlashda fuqarolardan hujjat yig‘ish va Pensiya jamg‘armasiga alohida murojaat qilish talab qilinadigan holatlar qisqartiriladi.
Pojilie lyudi v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2026
Pensiya yoshi 63 yoshgacha, minimal staj 15-yilgacha oshirilishi mumkin — qonun loyihasi
Yangiliklar lentasi
0