https://oz.sputniknews.uz/20260929/asian-games-uzbekistan-60830771.html
Jo‘rayev va Sayfullayeva Osiyo o‘yinlarida "oltin" oldi: O‘zbekiston uchun kun qanday o‘tdi
Jo‘rayev va Sayfullayeva Osiyo o‘yinlarida "oltin" oldi: O‘zbekiston uchun kun qanday o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Akbar Jo‘rayev jahon rekordi bilan, Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrashda oltin medal oldi. Abdumalik Xalokov boks finaliga chiqdi, Fazliddin Erkinboyev esa bronza bilan qoldi.
2026-09-29T19:14+0500
2026-09-29T19:14+0500
2026-09-30T10:29+0500
sport
olimpiya o‘yinlari
olimpiada
oltin medal
kumush medal
bronza medal
rekord
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60830128_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_23a8aad39b9aecffe2cae2c2d543f690.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston sportchilari Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 29-sentabr kuni kamida ikkita oltin medal qo‘lga kiritdi. Og‘ir atletika bo‘yicha 110 kilogrammgacha vazn toifasida Akbar Jo‘rayev 423 kilogrammlik umumiy natija bilan Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 197 kilogrammni ko‘tarib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.Boksda Abdumalik Xalokov 60 kilogrammgacha vazn toifasi yarim finalida mezbon Yaponiya vakili Shunsuke Kitamotoni 4:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.80 kilogrammgacha vaznda amaldagi jahon chempioni Fazliddin Erkinboyev hindistonlik Ankush Pangxalga imkoniyatni boy berdi va Osiyo o‘yinlarini bronza medali bilan yakunladi.28 sentabr yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 12 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza — jami 42 ta medal bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda borayotgan edi. 29-sentabrda Jo‘rayev va Sayfullayeva delegatsiya hisobiga yana ikki oltin qo‘shdi.Kunning boshqa yirik natijalari ham qayd etildi. Xitoylik ikki karra Olimpiada chempioni Li Venven +86 kilogrammda 310 kilogramm natija bilan g‘olib chiqib, Osiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260929/uzbekistan-orin-asian-games-60807758.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60830128_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_6dc3bdd3ec3c194fee67c42c44d186e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, olimpiya o‘yinlari, olimpiada , oltin medal, kumush medal, bronza medal, rekord, o‘zbekiston
sport, olimpiya o‘yinlari, olimpiada , oltin medal, kumush medal, bronza medal, rekord, o‘zbekiston
Jo‘rayev va Sayfullayeva Osiyo o‘yinlarida "oltin" oldi: O‘zbekiston uchun kun qanday o‘tdi
19:14 29.09.2026 (yangilandi: 10:29 30.09.2026) O‘zbekiston sportchilari 29-sentabr kuni Osiyo o‘yinlarida ikki oltin medal oldi. Akbar Jo‘rayev esa og‘ir atletikada jahon rekordini yangiladi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston sportchilari Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida 29-sentabr kuni kamida ikkita oltin medal qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha 110 kilogrammgacha vazn toifasida Akbar Jo‘rayev 423 kilogrammlik umumiy natija bilan Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 197 kilogrammni ko‘tarib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarida Barnoxon Sayfullayeva 1,90 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Boksda Abdumalik Xalokov 60 kilogrammgacha vazn toifasi yarim finalida mezbon Yaponiya vakili Shunsuke Kitamotoni 4:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
80 kilogrammgacha vaznda amaldagi jahon chempioni Fazliddin Erkinboyev hindistonlik Ankush Pangxalga imkoniyatni boy berdi va Osiyo o‘yinlarini bronza medali bilan yakunladi.
28 sentabr yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 12 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza — jami 42 ta medal bilan umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda borayotgan edi. 29-sentabrda Jo‘rayev va Sayfullayeva delegatsiya hisobiga yana ikki oltin qo‘shdi.
Kunning boshqa yirik natijalari ham qayd etildi. Xitoylik ikki karra Olimpiada chempioni Li Venven +86 kilogrammda 310 kilogramm natija bilan g‘olib chiqib, Osiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi.